Kod yozishni noldan o‘rganamiz: algoritmdan tortib, o‘z grafik dasturingizgacha. Har bir darsda kodni shu sahifaning o‘zida yozib ishga tushirasiz, hech narsa o‘rnatish shart emas. Topshiriqlarni avtomatik testlar tekshiradi, vizualizator esa dastur qanday ishlayotganini qadamma-qadam ko‘rsatadi.
>>> ism = input("Ismingiz: ")
Ismingiz: Talaba
>>> print("Salom,", ism, "— kod olamiga xush kelibsiz! 🚀")
Salom, Talaba — kod olamiga xush kelibsiz! 🚀
>>> | Fan | Dasturlash asoslari (DA11106), majburiy |
|---|---|
| Asos qilingan dastur | 60710900 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, 2-semestr, 6 kredit |
| Hajmi | 180 soat: 30 soat ma’ruza, 42 soat amaliy, 108 soat mustaqil ta’lim |
| Boshqa yo‘nalishlar | 60530600 – Mexanika va matematik modellashtirish, 60540100 – Matematika, 60230400 – Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarining «Dasturlash asoslari» mavzulari ham shu darslarda to‘liq qamrab olingan (pastdagi jadval). |
Bu yo‘nalishlarning fan dasturida 12 ta ma’ruza va 12 ta amaliy mashg‘ulot (120 soat) bor. O‘z ma’ruza mavzuingizni quyidagi darslardan o‘qing:
| Sizning fan dasturingizdagi mavzu | Ushbu darslikda |
|---|---|
| M1. Fanning maqsadi va vazifalari. Algoritm tushunchasi, turlari va xossalari | 1-ma’ruza |
| M2. Zamonaviy dasturlash tillarining tarixi, turlari va rivojlanish tendensiyalari | 2-ma’ruza |
| M3. Python dasturlash tilining tarixi, xususiyatlari va qo‘llanilish sohalari | 3-ma’ruza |
| M4. Pythonni o‘rnatish va dasturlash muhitlari bilan tanishish | 3-ma’ruza, 2-amaliy |
| M5. Python tilida kiritish va chiqarish operatorlari. Dastlabki dasturlarni yozish | 4-ma’ruza, 3-amaliy |
| M6. O‘zgaruvchilar tushunchasi, nomlash qoidalari, ma’lumot turlari | 4-ma’ruza, 4-amaliy |
| M7. Python tilida arifmetik amallar va matematik funksiyalar | 5-ma’ruza, 5-amaliy |
| M8. Taqqoslash va mantiqiy operatorlar | 5-ma’ruza, 6-amaliy |
| M9. Shartli operatorlar (if, if…else, if…elif…else) | 6-ma’ruza, 7-amaliy |
| M10. for takrorlanish operatori | 6-ma’ruza, 8-amaliy |
| M11. while takrorlanish operatori | 9-amaliy |
| M12. Sikl boshqaruv operatorlari (break, continue) | 9- va 10-amaliy |
© 2026 Hakimov Bahtiyorjon Muzaffar o‘g‘li · Andijon davlat universiteti, «Kompyuter injiniringi» kafedrasi · Materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
:ik-uy: Bosh sahifa · eduhakimov.github.io