Git va GitHub bilan ishlash
«yakuniy_loyiha_OXIRGI_rostdan_2.zip» — tanishmi? Bugun bunday arxivlarga xayr deymiz. Git — kodingizning vaqt mashinasi, GitHub — jamoangizning umumiy qal’asi. Haqiqiy buyruqlarni Git simulyatorida yozasiz: commit, tarmoq (branch), birlashtirish (merge), konfliktni hal qilish, push va pull — har bir qadam jonli commit grafida chiziladi. So‘ng GitHub’dagi pull request jarayonini boshidan oxirigacha o‘tasiz.
Dars maqsadi va rejasi
Dars yakunida siz…
- Git’ning uch hududini (ishchi papka, staging, ombor) tushuntirib, init, status, add, commit, log buyruqlarini to‘g‘ri qo‘llay olasiz
- Java/Maven loyihasi uchun .gitignore tuzib, ma’noli commit xabarlari yoza olasiz
- tarmoq yaratib, ular orasida o‘tib, fast-forward va uch tomonlama (3-way) birlashtirishni farqlay olasiz
- merge konfliktini o‘qib, qo‘lda hal qilib, birlashtirishni yakunlay olasiz
- remote ombor bilan ishlay olasiz: remote add, push, fetch, pull, clone
- GitHub’da pull request ochish, CI tekshiruvi, kod ko‘rigi va merge jarayonini bosqichma-bosqich bajara olasiz
Reja (fan dasturi bo‘yicha)
- Git va GitHub bilan ishlash
Sehrgarning maslahati: Git’da deyarli hech narsa butunlay yo‘qolmaydi — commit qilingan bo‘lsa. Shuning uchun kichik-kichik, tez-tez commit qiling: «bitta commit — bitta mantiqiy o‘zgarish». Konflikt — falokat emas, Git’ning «ikki qahramon bir joyni o‘zgartirdi, qaysi biri to‘g‘ri?» degan savoli, xolos.
Uch kishilik jamoa yakuniy loyihani Telegram orqali zip-arxivlarda almashdi. Aziz Kitob.java ni tuzatdi, Dilnoza esa xuddi shu faylga yangi metod qo‘shdi — va oxirgi yuborilgan arxiv birinchisini «yutib yubordi». Himoya kuni ertalab ikki kunlik ish yo‘qoldi. Professional jamoalarda bunday bo‘lmaydi: Git har bir o‘zgarishni muallifi, vaqti va sababi bilan saqlaydi, ikki kishi bir faylni o‘zgartirsa — ogohlantiradi va birlashtirishga yordam beradi. Bugun shu ko‘nikmani egallaysiz.
Tayanch iboralar
Laboratoriya ishi haqida
:ik-maqsad: Ishning maqsadi
Git versiyalarni boshqarish tizimida lokal ombor bilan ishlash (commit, tarmoq, birlashtirish, konfliktni hal qilish), GitHub’dagi remote ombor bilan sinxronlash (push, pull) hamda pull request orqali jamoaviy ishlash jarayonini (CI, kod ko‘rigi, merge) amalda o‘zlashtirish; OOP loyihasini (19-laboratoriyadagi Qahramon loyihasi) GitHub’ga joylash.
:ik-asbob: Jihozlar va dasturlar
- Git 2.40+ (Windows uchun — Git for Windows, ichida Git Bash)
- GitHub hisobi (bepul) va Git Credential Manager (brauzer orqali kirish)
- IntelliJ IDEA yoki VS Code (ichki Git paneli)
- 19-laboratoriyadagi Maven loyihasi
- Shu sahifadagi Git simulyatori va Python topshiriqlari
Bajarish tartibi
- Nazariy eslatma
Uch hudud, asosiy buyruqlar, commit xabarlari qoidalari.
- Namunaviy topshiriq 1: lokal ombor
Qahramon loyihasida
git init→.gitignore→ birinchi commit. - Git simulyatori: 7 ta missiya
Tarmoq, fast-forward, konflikt, push, pull — jonli graf bilan.
- Namunaviy topshiriq 2–3: GitHub va pull request
Remote ombor, CI (GitHub Actions) va PR jarayoni simulyatori.
- Mustaqil topshiriqlar 1–7 va Boss
Git ichki mexanizmlarini Python’da dasturlash — har biri «Tekshirish»dan o‘tsin.
- Hisobot
GitHub ombori havolasi bilan Discord’dagi dars postiga yuboring.
Hisobot shakli
- GitHub’dagi ochiq ombor havolasi: README.md, .gitignore, kamida 5 ta ma’noli commit
git log --oneline --graph --allnatijasi: kamida bitta tarmoq va merge commit ko‘rinsin- Konfliktni hal qilish jarayoni: konflikt belgilari bor fayl va hal qilingan variant (ekran rasmlari)
- Pull request havolasi (o‘zingizga yoki jamoadoshingizga) va GitHub Actions natijasi
- Simulyator missiyalari, mustaqil topshiriqlar va Boss natijasi, xulosa
Nazariy eslatma
Git’ni tushunishning kaliti — uch hudud. Fayllaringiz ishchi papkada o‘zgaradi, git add ularni «sahnaga» (staging) chiqaradi, git commit esa sahnadagi holatni tarixga muhrlaydi. git push — tarixni GitHub’ga yuborish.
git pull = git fetch + git merge.| Buyruq | Nima qiladi |
|---|---|
git config --global user.name "Ism Familiya"git config --global user.email "pochta@misol.uz" | commit muallifi (bir marta sozlanadi) |
git init / git clone URL | yangi ombor / mavjud omborning to‘liq nusxasi |
git status, git diff | nima o‘zgardi, nima sahnada |
git add fayl / git add . | o‘zgarishni staging’ga qo‘shish |
git commit -m "xabar" | staging’dagi holatni tarixga yozish |
git log --oneline --graph --all | tarix grafi |
git switch -c yangi (eski: git checkout -b yangi) | tarmoq yaratib, unga o‘tish |
git merge tarmoq, git merge --abort | joriy tarmoqqa birlashtirish / bekor qilish |
git remote add origin URL | remote omborni ulash |
git push -u origin main, git pull, git fetch | yuborish (birinchi marta -u bilan), olish va birlashtirish, faqat olish |
Buyruq maylida, qisqa (≈50 belgigacha), nimani va nega o‘zgartirganingizni aytsin: feat: Qahramon sinfiga davolanish qo‘shildi, fix: HP manfiy bo‘lib qolishi tuzatildi, test: zarbaOl uchun chegaraviy testlar. Yomon: update, asdf, tuzatdim, final2. Ko‘p jamoalar Conventional Commits uslubidan foydalanadi: tur(soha): tavsif.
Git va GitHub bilan ishlash
Namunaviy topshiriq 1. Qahramon loyihasini Git’ga topshiramiz
- Git’ni o‘rnating va o‘zingizni tanishtiring
git --versionversiyani ko‘rsatsin. Keyin bir martalik sozlamalar: ism, pochta va standart tarmoq nomimain. - .gitignore yozing — init’dan oldin
Maven
target/ga kompilyatsiya qiladi, IntelliJ.idea/va*.imlyaratadi — bular omborga kirmasin. - init → status → add → commit
Har qadamdan keyin
git status— u doim keyingi qadamni maslahat beradi.
.gitignore — Java / Maven / IntelliJ loyihasi uchun# Maven natijalari
target/
# Kompilyatsiya qilingan fayllar va arxivlar
*.class
*.jar
# IDE fayllari
.idea/
*.iml
.vscode/
# Operatsion tizim "axlati"
.DS_Store
Thumbs.db
# Sirlar — hech qachon omborga!
.env
$ git config --global user.name "Ali Valiyev" $ git config --global user.email "ali.valiyev@misol.uz" $ git config --global init.defaultBranch main $ git init Initialized empty Git repository in C:/Users/Ali/qahramonlar/.git/ $ git status On branch main No commits yet Untracked files: (use "git add <file>..." to include in what will be committed) .gitignore pom.xml src/ nothing added to commit but untracked files present (use "git add" to track) $ git add . warning: in the working copy of 'pom.xml', LF will be replaced by CRLF the next time Git touches it $ git commit -m "feat: Qahramon sinfi va JUnit testlari" [main (root-commit) 4b1d2e7] feat: Qahramon sinfi va JUnit testlari 4 files changed, 132 insertions(+) create mode 100644 .gitignore create mode 100644 pom.xml create mode 100644 src/main/java/uz/adu/oyd/Qahramon.java create mode 100644 src/test/java/uz/adu/oyd/QahramonTest.java $ git log --oneline 4b1d2e7 (HEAD -> main) feat: Qahramon sinfi va JUnit testlari
Yo‘q, bu ogohlantirish. Windows qator oxirini CRLF (\r\n), Linux/macOS — LF (\n) bilan yozadi. Git for Windows standart sozlamasi (core.autocrlf=true) omborda LF saqlab, ishchi papkada CRLF ko‘rsatadi — jamoada turli OT bo‘lsa ham farq «chiqmaydi». Commit’dagi xesh (4b1d2e7) har kimda boshqacha bo‘ladi: u mazmun, muallif va vaqtdan hisoblanadi.
Laboratoriya: Git simulyatori va jonli commit grafi
Quyida haqiqiy Git Bash’ga o‘xshash terminal. Buyruqlar va javoblar haqiqiy Git’niki kabi (soddalashtirilgan). Fayllarni echo "matn" > fayl (ustiga yozish) va echo "matn" >> fayl (oxiriga qo‘shish) bilan o‘zgartirasiz, cat fayl — ko‘rish, ls — ro‘yxat. O‘ngda har bir commit, tarmoq va HEAD jonli grafda chiziladi. 7 ta missiyani bajaring — maslahatlar missiya ustiga bosilganda ochiladi.
:ik-terminal: Git Bash simulyatori — ~/qahramonlar
<<<<<<< HEAD dan ======= gacha — sizning (joriy tarmoq) varianti, ======= dan >>>>>>> feature/hp gacha — birlashtirilayotgan tarmoq varianti. Hal qilish = faylni yakuniy ko‘rinishga keltirish (bittasini, ikkalasini yoki yangi variantni qoldirish) va barcha uchta belgi qatorini o‘chirish, so‘ng git add + git commit. IntelliJ’da buni «Merge» oynasida uch ustunli ko‘rinishda qilasiz: chapda sizniki, o‘ngda ularniki, o‘rtada natija.
$ git merge feature/hp Auto-merging src/main/java/uz/adu/oyd/Qahramon.java CONFLICT (content): Merge conflict in src/main/java/uz/adu/oyd/Qahramon.java Automatic merge failed; fix conflicts and then commit the result. $ git status On branch main You have unmerged paths. (fix conflicts and run "git commit") (use "git merge --abort" to abort the merge) Unmerged paths: (use "git add <file>..." to mark resolution) both modified: src/main/java/uz/adu/oyd/Qahramon.java no changes added to commit (use "git add" and/or "git commit -a") $ git add src/main/java/uz/adu/oyd/Qahramon.java $ git commit -m "merge: maxHp qiymati kelishildi" [main 9c41f0a] merge: maxHp qiymati kelishildi $ git log --oneline --graph --all * 9c41f0a (HEAD -> main) merge: maxHp qiymati kelishildi |\ | * 51e7b3d (feature/hp) feat: maxHp 150 ga oshirildi * | 0d2c9aa fix: maxHp 120 |/ * 4b1d2e7 feat: Qahramon sinfi va JUnit testlari
Namunaviy topshiriq 2. GitHub’ga chiqamiz: remote, push va CI
- GitHub’da bo‘sh ombor yarating
New repository → nomi
qahramonlar, Public, README qo‘shmang (lokal omborda allaqachon tarix bor). GitHub ko‘rsatgan URL’ni nusxalang. - Ulang va yuboring
git remote add origin URL,git push -u origin main. Birinchi marta Git Credential Manager brauzer oynasini ochib, GitHub’ga kirishni so‘raydi. Diqqat: GitHub 2021-yildan beri Git operatsiyalarida hisob parolini qabul qilmaydi — brauzer orqali kirish, shaxsiy token (PAT) yoki SSH kalit kerak. - CI qo‘shing
.github/workflows/ci.ymlfaylini yarating va commit + push qiling — endi har bir push va PR’da GitHub serverimvn testni o‘zi ishga tushiradi (19-laboratoriyadagi testlaringiz «qo‘riqchiga» aylanadi).
$ git remote add origin https://github.com/alivaliyev/qahramonlar.git $ git push -u origin main Enumerating objects: 23, done. Counting objects: 100% (23/23), done. Delta compression using up to 8 threads Compressing objects: 100% (14/14), done. Writing objects: 100% (23/23), 3.12 KiB | 1.56 MiB/s, done. Total 23 (delta 2), reused 0 (delta 0), pack-reused 0 remote: Resolving deltas: 100% (2/2), done. To https://github.com/alivaliyev/qahramonlar.git * [new branch] main -> main branch 'main' set up to track 'origin/main'.
.github/workflows/ci.yml — GitHub Actions: har push’da testlarname: Java CI
on:
push:
branches: [ main ]
pull_request:
branches: [ main ]
jobs:
build:
runs-on: ubuntu-latest
steps:
- uses: actions/checkout@v4
- uses: actions/setup-java@v4
with:
distribution: 'temurin'
java-version: '17'
cache: maven
- name: Testlarni ishga tushirish
run: mvn -B test
Namunaviy topshiriq 3. Pull request: g‘oyadan main’gacha
Jamoada hech kim main ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri push qilmaydi. Ish tartibi (GitHub flow): issue → tarmoq → commit’lar → push → pull request → CI → kod ko‘rigi → merge → tarmoqni o‘chirish. Quyidagi simulyatorda shu yo‘lni o‘ting: siz Aziz, «Kutubxona» loyihasida jarima hisoblash vazifasini (issue #12) bajardingiz.
:ik-tarmoq: GitHub · kutubxona-tizimi · Pull request simulyatori
Sinov ishlari: avval bashorat, keyin tekshiruv
Mustaqil topshiriqlar
Git — dasturning o‘zi ham OOP va algoritmlar to‘plami: obyektlar (blob, tree, commit), xeshlar, graf. 7 ta topshiriqda uning ichki mexanizmlarini Python’da qayta yaratasiz. Oson → qiyin.
Ko‘p uchraydigan xatolar
| Xato | Oqibati | To‘g‘risi |
|---|---|---|
target/, .class, .idea/ omborga tushgan | har kompilyatsiyada «o‘zgarish», keraksiz konfliktlar, katta ombor | .gitignore ni init’dan oldin yozing; tushib qolgan bo‘lsa — git rm -r --cached target |
Parol, token, .env commit qilingan | ochiq omborda sirlar hammaga ko‘rinadi, botlar daqiqalarda topadi | sirni darhol bekor qiling (yangi token), .env ni .gitignore ga; tarixdan o‘chirish yetarli emas |
| Bitta katta commit: «hammasi tayyor» | xatoni qaysi o‘zgarish keltirganini topib bo‘lmaydi | kichik, mantiqiy commit’lar, ma’noli xabarlar |
| main’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash | yarim tayyor kod hammaga tarqaladi | har vazifa — alohida tarmoq + PR |
git push --force umumiy tarmoqqa | jamoadoshlar commit’lari yo‘qoladi | avval git pull; zarurat bo‘lsa — --force-with-lease va faqat o‘z tarmog‘ingizda |
| Konflikt belgilari bilan commit | kod kompilyatsiya bo‘lmaydi, CI qizaradi | barcha <<<<<<</=======/>>>>>>> ni o‘chiring, testlarni ishga tushiring |
Ish boshida git pull qilinmagan | eski kod ustida ishlab, katta konfliktga duch kelish | har kuni: git switch main && git pull, so‘ng yangi tarmoq |
Boss level
Boss level: o‘z mini-Git’ingiz
Git’ning yuragi — commit grafi va tarmoq yorliqlari. Buyruqlar ketma-ketligini bajaruvchi MiniGit yozing. Boshlang‘ich holat: main tarmog‘i, unda bitta commit c0 («init»); yangi commit’lar c1, c2, … tartibida raqamlanadi (merge commit ham). +70 XP
| Buyruq | Amal va chiqish |
|---|---|
commit XABAR | joriy tarmoqda yangi commit (ota — joriy uch); chiqish: [tarmoq cN] XABAR |
branch NOM | joriy commit’da yangi tarmoq; mavjud bo‘lsa fatal: a branch named 'NOM' already exists; aks holda chiqish yo‘q |
checkout NOM / checkout -b NOM | Switched to branch 'NOM' / Switched to a new branch 'NOM'; tarmoq yo‘q bo‘lsa error: pathspec 'NOM' did not match |
merge NOM | NOM ning uchi joriy uchning ajdodi (yoki o‘zi) — Already up to date.; joriy uch NOM ning ajdodi — yorliqni suring, Fast-forward; aks holda ikki otali commit Merge branch 'NOM', chiqish Merge made by the 'ort' strategy. |
log | joriy uchdan birinchi ota bo‘ylab ildizgacha: har qatorda cN XABAR |
Mustahkamlash
// 1 DAQIQADA ESLAB QOLING
- Uch hudud: ishchi papka →
add→ staging →commit→ ombor →push→ GitHub. git status— eng yaxshi do‘stingiz: u keyingi qadamni aytadi.- Tarmoq — commit’ga yorliq; har vazifa — yangi tarmoq.
- Fast-forward — yorliqni surish; 3-way — ikki otali merge commit.
- Konflikt: belgilarni o‘chir →
git add→git commit; testlarni ishga tushir. - pull = fetch + merge; rad etilgan push’ga javob — pull, force emas.
Nazorat savollari
Versiyalarni boshqarish tizimi nima uchun kerak? Markazlashgan va taqsimlangan VCS farqi?
O‘zgarishlar tarixini saqlash, kim/qachon/nima uchun o‘zgartirganini bilish, eski holatga qaytish va jamoada parallel ishlash uchun. Markazlashganda (SVN) tarix bitta serverda; taqsimlanganda (Git) har bir nusxada to‘liq tarix bor — oflayn ishlash mumkin.
Git’ning uch hududini tushuntiring.
Ishchi papka (fayllar diskda), staging/index (keyingi commit’ga tayyorlangan holat), ombor (.git — commit’lar tarixi). add — 1→2, commit — 2→3.
Commit nimalardan iborat?
Fayllar daraxtining surati (tree), ota commit(lar) havolasi, muallif va commit qiluvchi, vaqt, xabar. Bularning hammasidan SHA-1 xesh hisoblanadi — u commit’ning noyob nomi.
Tarmoq va HEAD nima?
Tarmoq — commit’ga ko‘rsatuvchi harakatlanuvchi yorliq. HEAD — joriy holat ko‘rsatkichi, odatda tarmoqqa ko‘rsatadi; yangi commit qilinganda shu tarmoq oldinga suriladi.
Fast-forward va 3-way merge qachon bo‘ladi?
Joriy tarmoq birlashtirilayotgan tarmoqning ajdodi bo‘lsa (joriyda yangi commit yo‘q) — fast-forward. Ikkala tarmoqda ham yangi commit’lar bo‘lsa — umumiy ajdod (merge-base) asosida uch tomonlama birlashtirish va ikki otali merge commit.
Merge konflikti qanday hal qilinadi?
Fayldagi konflikt belgilari orasidagi variantlardan yakuniy kodni tuzish, belgilarni o‘chirish, kompilyatsiya va testlarni tekshirish, git add bilan hal qilinganini belgilash, git commit bilan merge’ni yakunlash. Bekor qilish — git merge --abort.
fetch va pull farqi?
fetch — remote’dagi yangi commit’larni yuklab, origin/main kabi kuzatuv tarmoqlarini yangilaydi, ishchi papkaga tegmaydi. pull — fetch + joriy tarmoqqa merge (yoki sozlamaga ko‘ra rebase).
Pull request jarayonining bosqichlari qanday?
Tarmoq yaratish → commit’lar → push → PR ochish (sarlavha, tavsif, issue havolasi, reviewer) → CI tekshiruvlari → kod ko‘rigi va tuzatishlar → approve → merge (merge commit / squash / rebase) → tarmoqni o‘chirish.
.gitignore ga nimalar yoziladi va nega?
Avtomatik yaratiladigan fayllar (target/, *.class, *.jar), IDE sozlamalari (.idea/, *.iml), OT fayllari, sirlar (.env, kalitlar). Ular manbadan qayta tiklanadi yoki shaxsiy — omborga tushsa konflikt va xavfsizlik muammosi.
Nega git push --force xavfli?
Remote tarmoqni lokal holatingiz bilan majburan almashtiradi — remote’dagi, sizda yo‘q commit’lar (jamoadoshlar ishi) yo‘qoladi. Umumiy tarmoqlarda ishlatilmaydi.
Mustaqil ish
Fan dasturidagi mustaqil ta’lim mavzusi: «GitHub orqali jamoaviy loyiha» (4 soat). 2–3 kishilik jamoa tuzing. Variantingizdagi kichik OOP loyihasini GitHub’da birgalikda yarating: bitta umumiy ombor, har bir a’zo kamida 2 ta tarmoq va 2 ta pull request, kamida bitta hal qilingan konflikt.
- Ombor: README (loyiha tavsifi, ishga tushirish, jamoa a’zolari), .gitignore,
maintarmog‘i himoyalangan (PR va CI talab qilinsin). - Issue’lar: har bir vazifa — issue; PR’lar «Closes #N» bilan bog‘langan, har PR’da kamida bitta ko‘rik izohi.
- GitHub Actions:
mvn -B testhar push va PR’da; kamida 8 ta JUnit testi. - Hisobot:
git log --oneline --graph --all, Insights → Contributors ekran rasmi, har bir a’zoning hissasi.
| Mezon | Ball |
|---|---|
| Ombor tuzilmasi: README, .gitignore, himoyalangan main, ma’noli commit tarixi | 1 |
| Har bir a’zoning tarmoq va PR’lari, ko‘rik izohlari, issue havolalari | 2 |
| Hal qilingan konflikt va CI (GitHub Actions) yashil holatda | 1 |
| Hisobot: graf, hissalar tahlili, xulosa | 1 |
Xulosa
Darsdagi natijangiz
Natijalar shu brauzerda saqlanadi. Barcha bo‘limlarni o‘qing, mashqlar va topshiriqlarni bajaring.