Singleton va Factory Pattern
O‘yinda sozlamalar oynasi bitta bo‘lishi kerak — ikkita bo‘lsa, biri ovozni 30 ga, ikkinchisi 70 ga qo‘yib, janjal boshlanadi. Lagerda esa askar yollanadi, lekin lager qaysi sinf obyekti yaratilishini o‘zi hal qiladi. Bu laboratoriyada ikkita yaratuvchi (creational) dizayn namunasini — Singleton va Factory — Java’da yozasiz, ularning ko‘p oqimli muhitdagi tuzoqlarini simulyatorda ko‘rasiz va 7 ta topshiriqni Python’da avtomatik tekshiruv bilan bajarasiz.
Dars maqsadi va rejasi
Dars yakunida siz…
- Singleton’ni private konstruktor va statik getInstance() bilan Java’da yoza olasiz
- eager, lazy (synchronized), double-checked locking, holder va enum variantlarining farqini tushuntira olasiz
- ko‘p oqimli muhitda oddiy lazy Singleton nima uchun ikki nusxa yaratishi mumkinligini ko‘rsata olasiz
- Simple Factory va Factory Method namunalarini interfeys va abstrakt sinf yordamida amalga oshira olasiz
- reyestrga asoslangan fabrika bilan yangi turni mavjud kodni o‘zgartirmasdan qo‘sha olasiz (OCP)
- Singleton va Factory’ni Python’da yozib, testlardan o‘tkaza olasiz
Reja (fan dasturi bo‘yicha)
- Singleton va Factory Pattern
Laboratoriya qoidasi: namunani muammodan boshlab tanlang. «Bu obyekt butun dasturda aynan bitta bo‘lishi shartmi?» — Singleton. «Qaysi sinf yaratilishini mijoz bilmasligi kerakmi?» — Factory. Javob «yo‘q» bo‘lsa — oddiy new yetarli.
Chunki ilova «men allaqachon ishlayapmanmi?» deb tekshiradi va yagona nusxa qoidasiga amal qiladi. Dastur ichida ham shunday obyektlar bor: konfiguratsiya, log yozuvchi, ulanishlar hovuzi (pool). Boshqa tomondan, o‘yin har daqiqada yuzlab dushman yaratadi va «qaysi sinfdan?» degan savolni har joyda if bilan yozish o‘rniga bitta fabrikaga topshiradi. Bugun ikkala namunani qo‘lda quramiz.
Tayanch iboralar
Laboratoriya ishi haqida
:ik-maqsad: Ish maqsadi
Singleton va Factory yaratuvchi namunalarini Java’da amalga oshirish, ularning variantlari va tuzoqlarini (ko‘p oqimlilik, global holat) amalda tahlil qilish hamda Python’da ekvivalent yechimlarni testlar bilan tekshirish.
:ik-asbob: Jihozlar va dasturlar
Kompyuter; JDK 17+ (Temurin yoki Oracle), IntelliJ IDEA Community yoki VS Code + Extension Pack for Java; shu sahifadagi Python (Pyodide) vidjetlari va simulyatorlar.
Bajarish tartibi
- Nazariy eslatmani o‘qing (5 daqiqa).
- Namunaviy topshiriq 1:
OyinSozlamalariSingleton’ini Java’da yozing, ishga tushiring, natijani namunadagi bilan solishtiring. - «Xotira xaritasi» va «Poyga holati» simulyatorlarida ishlang: oddiy lazy Singleton’da ikki nusxa hosil qiling, so‘ng uni tuzating.
- Namunaviy topshiriq 2: Simple Factory va Factory Method’ni Java’da yozing.
- Sinov ishlarida natijani oldindan ayting, keyin tekshiring.
- Mustaqil topshiriqlarni (7 ta) bajaring va Tekshirish tugmasi bilan testdan o‘tkazing; Boss level’ni yeching.
- Hisobotni quyidagi shaklda tayyorlab, Discord’dagi dars postiga yuboring.
Hisobot shakli
- Titul: F.I.Sh., guruh, laboratoriya ishi nomi va sanasi
- Singleton’ning Java kodi (kamida 2 xil variant) va ishga tushirish natijasi (skrinshot)
- Poyga holati simulyatorida ikki nusxa hosil bo‘lgan qadamlar ketma-ketligi va uning tuzatilishi
- Simple Factory va Factory Method kodlari, UML sinf diagrammasi (qo‘lda yoki PlantUML)
- Python topshiriqlari natijalari (yashil testlar skrinshoti) va 3–4 gaplik xulosa: qachon Singleton zararli?
Nazariy eslatma
| Singleton | Factory (Simple / Method) | |
|---|---|---|
| Muammo | Obyekt butun dasturda yagona bo‘lishi kerak | Qaysi sinf yaratilishi mijozdan yashirilishi kerak |
| Asosiy usul | private konstruktor + statik nusxa + getInstance() | Umumiy interfeys + yaratuvchi metod (switch yoki override) |
| Hayotiy misol | Runtime.getRuntime(), log yozuvchi, konfiguratsiya | List.of(...), Calendar.getInstance(), NumberFormat.getInstance() |
| Xavfi | Yashirin global holat, testlash qiyin, ko‘p oqimlilik | Juda ko‘p kichik sinflar, fabrika «God» sinfga aylanishi |
Singleton va Factory Pattern
Ikkita namunaviy topshiriqni qadamma-qadam bajaramiz: avval Singleton, keyin Factory. Har birida avval Java kodi va uning haqiqiy natijasi, keyin xuddi shu g‘oya Python’da — brauzerda ishga tushirasiz.
Namunaviy topshiriq 1. O‘yin sozlamalari — Singleton
- Konstruktorni yoping
private OyinSozlamalari()— endinewfaqat sinf ichida mumkin. - Yagona nusxa uchun statik maydon
private static OyinSozlamalari instance;— sinfga tegishli, obyektga emas. - Kirish nuqtasi
public static synchronized getInstance(): nusxa yo‘q bo‘lsa yaratadi, bor bo‘lsa o‘shani qaytaradi.synchronizedikki oqim bir vaqtda kirishini oldini oladi. - Tekshiring
Ikki marta
getInstance()chaqirib,a == bni (havolalar tengligi) chiqaring. Konstruktor bir marta ishlaganini log orqali ko‘ring.
OyinSozlamalari.javapublic final class OyinSozlamalari { private static OyinSozlamalari instance; private static int yaratildi = 0; private String til = "uz"; private int ovoz = 70; private OyinSozlamalari() { yaratildi++; System.out.println("Sozlamalar yuklandi (" + yaratildi + ")"); } public static synchronized OyinSozlamalari getInstance() { if (instance == null) { instance = new OyinSozlamalari(); } return instance; } public String getTil() { return til; } public void setTil(String til) { this.til = til; } public int getOvoz() { return ovoz; } public void setOvoz(int ovoz) { this.ovoz = ovoz; } }
Main.javapublic class Main { public static void main(String[] args) { OyinSozlamalari a = OyinSozlamalari.getInstance(); OyinSozlamalari b = OyinSozlamalari.getInstance(); a.setTil("en"); // menyu oynasi b.setOvoz(30); // ovoz paneli System.out.println(a == b); System.out.println(b.getTil() + " " + a.getOvoz()); } }
Sozlamalar yuklandi (1) true en 30
«yuklandi» faqat bir marta chiqdi; a orqali o‘zgartirilgan til b da ham ko‘rinadi — chunki bu bitta obyekt.
Singleton’ning beshta varianti
sinf yuklanganda yaratiladi — oddiy va oqimlarga xavfsizpublic final class Logger { private static final Logger INSTANCE = new Logger(); private Logger() { } public static Logger getInstance() { return INSTANCE; } }
Kamchiligi: nusxa kerak bo‘lmasa ham yaratiladi (og‘ir resurs bo‘lsa — isrof).
birinchi so‘rovda; har chaqiruvda qulfpublic static synchronized Logger getInstance() { if (instance == null) instance = new Logger(); return instance; }
To‘g‘ri, lekin har bir chaqiruv qulf oladi — juda tez-tez chaqirilsa sekinlashishi mumkin.
volatile shart!private static volatile Logger instance; public static Logger getInstance() { Logger natija = instance; if (natija == null) { // 1-tekshiruv (qulfsiz) synchronized (Logger.class) { natija = instance; if (natija == null) { // 2-tekshiruv (qulf ichida) instance = natija = new Logger(); } } } return natija; }
volatilesiz boshqa oqim to‘liq qurilmagan obyektni ko‘rib qolishi mumkin (Java xotira modeli). Bu variant Java 5 dan beri to‘g‘ri ishlaydi.
lazy + qulfsiz + xavfsizpublic final class Logger { private Logger() { } private static class Holder { static final Logger INSTANCE = new Logger(); } public static Logger getInstance() { return Holder.INSTANCE; } }
Ichki Holder sinfi faqat getInstance() birinchi chaqirilganda yuklanadi; JVM sinf initsializatsiyasini oqimlarga xavfsiz bajaradi.
J. Bloch «Effective Java» tavsiyasipublic enum Logger { INSTANCE; public void log(String xabar) { System.out.println("[LOG] " + xabar); } } // ishlatish: Logger.INSTANCE.log("Server ishga tushdi");
Serializatsiya va reflection hujumlariga ham chidamli. Kamchiligi: boshqa sinfdan meros ololmaydi.
Simulyator: xotira xaritasi
Chapda — stekdagi o‘zgaruvchilar (havolalar), o‘ngda — heap’dagi obyektlar. Oddiy sinfda har new yangi obyekt yaratadi; Singleton’da esa barcha o‘zgaruvchilar bitta obyektga qaraydi.
Stek (o‘zgaruvchilar)
Heap (obyektlar)
Simulyator: poyga holati (race condition)
Ikki oqim (masalan, ikki o‘yinchi bir vaqtda sozlamalarni ochdi) getInstance() ni bir vaqtda chaqiradi. Oqimlarni o‘zingiz navbatlab bajaring. Topshiriq: «Oddiy lazy» rejimida shunday tartib topingki, ikki nusxa yaratilsin. So‘ng «synchronized» va «Holder» rejimlarida buni takrorlab ko‘ring.
Oqim T1
Oqim T2
Oddiy lazy rejimda: T1 qadam → T2 qadam → T1 qadam → T2 qadam. Ikkala oqim ham instance == null ni true deb ko‘radi va ikkalasi ham new qiladi. Haqiqiy dasturda bu juda kam, tasodifiy holatda yuz beradi — shuning uchun bunday xatolarni topish juda qiyin.
Python’da Singleton
Python’da konstruktorni «private» qilib bo‘lmaydi, lekin obyekt yaratilishini boshqaradigan maxsus metod bor: __new__. U __init__ dan oldin chaqiriladi va qaytargan obyekti Sinf() ifodasining natijasi bo‘ladi.
Namunaviy topshiriq 2. Qahramonlar fabrikasi — Simple Factory va Factory Method
- Umumiy interfeys
interface Qahramon { String nom(); int hujum(); }— mijoz faqat shuni biladi. - Aniq sinflar
Jangchi,Sehrgar,Kamonchiinterfeysni amalga oshiradi. - Simple Factory
QahramonFactory.yarat(String tur)—switchifodasi bilan kerakli sinfni tanlaydi, noma’lum turda istisno tashlaydi. - Factory Method
Abstrakt
Lagersinfidaabstract Qahramon yollash(); har bir voris lager o‘z askarini yaratadi, umumiy algoritm (jangga()) esa ota-sinfda.
FactoryDemo.javainterface Qahramon { String nom(); int hujum(); } class Jangchi implements Qahramon { public String nom() { return "Jangchi"; } public int hujum() { return 12; } } class Sehrgar implements Qahramon { public String nom() { return "Sehrgar"; } public int hujum() { return 18; } } class Kamonchi implements Qahramon { public String nom() { return "Kamonchi"; } public int hujum() { return 15; } } class QahramonFactory { // Simple Factory static Qahramon yarat(String tur) { return switch (tur.toLowerCase()) { case "jangchi" -> new Jangchi(); case "sehrgar" -> new Sehrgar(); case "kamonchi" -> new Kamonchi(); default -> throw new IllegalArgumentException("Noma'lum tur: " + tur); }; } } abstract class Lager { // Factory Method: Creator abstract Qahramon yollash(); // fabrika metodi void jangga(int soni) { // umumiy algoritm int kuch = 0; for (int i = 0; i < soni; i++) kuch += yollash().hujum(); System.out.println(getClass().getSimpleName() + ": " + soni + " ta askar, kuch = " + kuch); } } class ShimoliyLager extends Lager { Qahramon yollash() { return new Jangchi(); } } class SehrliMinora extends Lager { Qahramon yollash() { return new Sehrgar(); } } public class FactoryDemo { public static void main(String[] args) { String[] buyurtma = {"sehrgar", "Jangchi", "kamonchi", "ajdar"}; int jami = 0; for (String tur : buyurtma) { try { Qahramon q = QahramonFactory.yarat(tur); jami += q.hujum(); System.out.println(q.nom() + " yaratildi, hujum = " + q.hujum()); } catch (IllegalArgumentException e) { System.out.println("Xato: " + e.getMessage()); } } System.out.println("Jamoa hujumi: " + jami); Lager[] lagerlar = {new ShimoliyLager(), new SehrliMinora()}; lagerlar[0].jangga(4); lagerlar[1].jangga(2); } }
Sehrgar yaratildi, hujum = 18 Jangchi yaratildi, hujum = 12 Kamonchi yaratildi, hujum = 15 Xato: Noma'lum tur: ajdar Jamoa hujumi: 45 ShimoliyLager: 4 ta askar, kuch = 48 SehrliMinora: 2 ta askar, kuch = 36
E’tibor bering: main() hech qayerda new Jangchi() yozmaydi — u faqat Qahramon interfeysini biladi. «Jangchi» katta harf bilan yozilsa ham ishladi, chunki fabrika toLowerCase() qiladi. Java’ning o‘zida ham fabrikalar ko‘p: List.of(), Integer.valueOf(), Calendar.getInstance().
Sinov ishlari: avval bashorat, keyin tekshiruv
Mustaqil topshiriqlar
Oson → qiyin tartibida 7 ta topshiriq. Har birida tayyor «haydovchi» kod bor — uni o‘zgartirmang, faqat sinf/funksiyalarni yozing. input() taklif matnisiz. Har birida Tekshirish tugmasini bosing.
Ko‘p uchraydigan xatolar
| Xato | Oqibati | To‘g‘risi |
|---|---|---|
Konstruktor public qolgan | Istalgan joyda new — Singleton buzilgan | private konstruktor |
Ko‘p oqimli dasturda oddiy lazy getInstance() | Kam uchraydigan, takrorlanmaydigan «ikki nusxa» xatosi | synchronized, holder idiomasi yoki enum |
Double-checked locking’da volatile yo‘q | Yarim qurilgan obyekt ko‘rinishi mumkin | private static volatile |
| Hamma narsani Singleton qilish | Yashirin global holat, testlar bir-biriga ta’sir qiladi | Ko‘pincha DI orqali bitta obyekt uzatish yetarli |
Python’da boshlang‘ich qiymat __init__ da | Har S() chaqiruvida holat tiklanib ketadi | Qiymatni __new__ da faqat birinchi marta bering |
Fabrika noma’lum turda null/None qaytaradi | Xato keyinroq, boshqa joyda NullPointerException bo‘lib chiqadi | Darhol aniq istisno tashlang |
Yangi tur uchun fabrika ichidagi switchni har safar tahrirlash | OCP buziladi, fabrika shishib ketadi | Reyestrli fabrika yoki Factory Method |
Boss level
Boss level: qahramonlar ustaxonasi
Ikkala namunani birlashtiring. Sozlama — Singleton (__new__), boshlang‘ich koef = 1. Fabrika.royxat(nom) — dekorator qaytaruvchi klass-metod: sinfni reyestrga qo‘shadi va o‘zini qaytaradi; Fabrika.yarat(tur, ism) — obyekt yaratadi yoki ValueError(f"Noma’lum tur: {tur}"). Qahramon hujumi = asosiy × Sozlama().koef (koef o‘zgarsa, mavjud qahramonlar hujumi ham o‘zgaradi). Buyruqlar: yarat TUR ISM, koef K, jamoa. +60 XP
Mustahkamlash
Nazorat savollari
Singleton qanday muammoni hal qiladi? Uchta hayotiy misol keltiring.
Sinfning yagona nusxasini va unga global kirishni ta’minlaydi. Misollar: konfiguratsiya, log yozuvchi, ulanishlar hovuzi; Java’da Runtime.getRuntime().
Eager va lazy initsializatsiyaning farqi va afzalliklari?
Eager — sinf yuklanganda yaratiladi (oddiy, xavfsiz, lekin kerak bo‘lmasa ham); lazy — birinchi so‘rovda (resurs tejaladi, lekin ko‘p oqimlilikka e’tibor kerak).
Nima uchun oddiy lazy Singleton ko‘p oqimli muhitda xavfli?
Ikki oqim bir vaqtda instance == null ni rost deb ko‘rib, ikkalasi ham obyekt yaratishi mumkin (poyga holati).
Double-checked locking’da volatile nima uchun kerak?
Obyekt to‘liq qurilmasidan oldin havola boshqa oqimga ko‘rinib qolishining (qayta tartiblash) oldini oladi.
Enum Singleton’ning afzalliklari nimada?
JVM yagonalikni kafolatlaydi, oqimlarga xavfsiz, serializatsiya va reflection orqali ikkinchi nusxa yaratib bo‘lmaydi.
Simple Factory va Factory Method farqini tushuntiring.
Simple Factory — bitta metod parametrga qarab sinf tanlaydi; Factory Method — ota-sinf abstrakt yaratuvchi metod e’lon qiladi, turini vorislar override orqali belgilaydi.
Factory mijoz kodini qanday soddalashtiradi?
Mijoz faqat interfeysni biladi, aniq sinflar nomi va yaratish tafsilotlari (normalizatsiya, tekshiruv) bir joyga yig‘iladi.
Singleton qachon «anti-namuna» bo‘lib qoladi?
Uni global o‘zgaruvchi o‘rnida ishlatsak: yashirin bog‘liqliklar paydo bo‘ladi, testlar umumiy holat sababli bir-biriga ta’sir qiladi, almashtirish qiyinlashadi.
Mustaqil ish
Fan dasturidagi mustaqil ta’lim mavzulari: «Singleton Patternni amalga oshirish» va «Factory Patternni amalga oshirish» (har biri 4 soat). Variantingiz bo‘yicha Java’da: (1) Singleton’ni ikki xil usulda (masalan, holder va enum) yozing va ko‘p oqimli sinov qiling (ExecutorService bilan 100 ta vazifa getInstance() chaqirsin, nusxalar sonini sanang); (2) mos Factory’ni (Simple yoki Factory Method) yozing; (3) UML sinf diagrammasini chizing.
| Mezon | Ball |
|---|---|
| Singleton ikki usulda to‘g‘ri, ko‘p oqimli sinovda nusxa yagona | 2 |
| Factory interfeys orqali, noma’lum turda aniq istisno | 1 |
| UML sinf diagrammasi kodga mos | 1 |
| Kod toza, izohlangan, hisobot va xulosa bor | 1 |
Xulosa
__new__ yoki dekorator; boshlang‘ich holat faqat birinchi yaratishda.Darsdagi natijangiz
Natijalar shu brauzerda saqlanadi. Barcha bo‘limlarni o‘qing, mashqlar va topshiriqlarni bajaring.