Fayllar bilan ishlash
O‘yinni o‘chirib yoqsangiz ham qahramoningiz 7-darajada qoladi, Telegram chatlar tarixini eslab qoladi, HEMIS baholarni yo‘qotmaydi. Sababi — ma’lumot operativ xotirada emas, faylda saqlanadi. Bugun Java’ning zamonaviy java.nio.file API’si (Path, Files) va klassik BufferedReader/BufferedWriter bilan fayl yozish va o‘qishni, fayl xatolarini ushlashni o‘rganasiz, «Fayl ko‘rsatkichi» animatorida readLine() ichini ko‘rasiz va 7 ta topshiriqni Python’ning open(), with, csv va io.StringIO vositalari bilan brauzerda bajarasiz.
Dars maqsadi va rejasi
Dars yakunida siz…
- Path va Files sinflari bilan fayl yaratish, qayta yozish, oxiriga qo‘shish va to‘liq o‘qishni bajara olasiz
- BufferedReader.readLine() siklini (null — fayl oxiri) va BufferedWriter.newLine() ni try-with-resources ichida qo‘llay olasiz
- NoSuchFileException, IOException kabi fayl istisnolarini ushlab, foydalanuvchiga tushunarli xabar bera olasiz
- matn kodirovkasi (UTF-8) muammosini va Java 18 dagi o‘zgarishni tushuntira olasiz
- CSV ko‘rinishidagi ma’lumotlarni faylga yozib, qayta o‘qib tahlil qila olasiz
- Python’da open() rejimlari (r, w, a, x), with, csv, json va io.StringIO bilan fayl topshiriqlarini bajara olasiz
Reja (fan dasturi bo‘yicha)
- Fayllar bilan ishlash
Fayl bilan ishlashning uch qoidasi: 1) har doim try (...) / with — fayl albatta yopilsin; 2) kodirovkani aniq ayting — UTF-8; 3) «fayl bor» deb ishonmang — NoSuchFileException ni kuting.
RPG o‘yinida «Saqlash»ni bosdingiz. Bir soniyada qahramon ismi, darajasi, oltini va inventari diskdagi kichik faylga yozildi. Ertaga o‘yin shu faylni o‘qib, hammasini tiklaydi. Agar fayl o‘chib ketgan bo‘lsa-chi? Yoki yozish paytida svet o‘chib qolsa? Yoki faylda o‘zbekcha «‘» belgisi «?» bo‘lib qolsa? Fayllar bilan ishlash — faqat yozish va o‘qish emas, balki shu kutilmagan holatlarga tayyor turish ham.
Tayanch iboralar
Laboratoriya ishi tartibi
:ik-maqsad: Ish maqsadi
Java’da matnli fayllarni yaratish, yozish, oxiriga qo‘shish va o‘qish (Files, BufferedReader, BufferedWriter), fayl yo‘llari bilan ishlash va fayl istisnolarini qayta ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish; xuddi shu amallarni Python’da bajarish.
:ik-asbob: Jihozlar va dasturlar
Kompyuter, JDK 17+, IntelliJ IDEA / VS Code, matn muharriri (Notepad++ yoki VS Code — fayl kodirovkasini ko‘rish uchun). Brauzerdagi Python vidjetlari fayllarni virtual xotiradagi fayl tizimiga yozadi: ular sahifa yangilanguncha saqlanadi.
Bajarish tartibi
- Nazariy eslatmani o‘qing, 7-ma’ruzadagi try-with-resources’ni eslang.
- Uchta namunaviy topshiriqni IDE’da bajaring; yaratilgan fayllarni loyiha papkasida topib, muharrirda oching.
- «Fayl ko‘rsatkichi» animatorida uchala faylni
readLine()varead()bilan o‘qib chiqing. - Sinov ishlarini bashorat bilan bajaring.
- 7 ta mustaqil topshiriq va «Boss level»ni Python’da bajaring.
- Hisobotni Discord’dagi dars postiga yuboring.
Hisobot shakli
- Titul, ish maqsadi, loyihaning joriy papkasi (
Path.of("").toAbsolutePath()natijasi) - Namunaviy topshiriqlar kodi, konsol natijasi va yaratilgan fayllarning muharrirdagi ko‘rinishi
- Mavjud bo‘lmagan faylni o‘qish tajribasi: ushlangan va ushlanmagan holatlardagi natija
- O‘zbekcha matnli faylni UTF-8 va boshqa kodirovkada ochish tajribasi (ekran rasmi)
- Mustaqil topshiriqlar (Python kodi va testlar natijasi)
- Xulosa: Files.readAllLines va BufferedReader qachon tanlanadi (5–7 gap)
Nazariy eslatma
| Vazifa | Qisqa usul (Files) | Oqimli usul (katta fayllar uchun) |
|---|---|---|
| Butun faylni o‘qish | Files.readString(p) (Java 11) | — |
| Qatorlar ro‘yxati | Files.readAllLines(p) | BufferedReader.readLine() sikli yoki Files.lines(p) |
| Yozish (qayta) | Files.writeString(p, s), Files.write(p, qatorlar) | Files.newBufferedWriter(p) |
| Oxiriga qo‘shish | Files.writeString(p, s, StandardOpenOption.APPEND) | newBufferedWriter(p, CREATE, APPEND) |
| Mavjudmi / hajmi / o‘chirish | Files.exists(p), Files.size(p), Files.deleteIfExists(p) | |
| Papka | Files.createDirectories(p), Files.list(p) |
Files sinfining metodlari sukut bo‘yicha doim UTF-8 ishlatadi. Eski FileReader/FileWriter esa Java 17 gacha (shu jumladan 17 da ham) operatsion tizimning standart kodirovkasini oladi — Windows’da bu ko‘pincha UTF-8 emas, va «o‘» belgilari buzilishi mumkin. Java 18 dan (JEP 400) standart kodirovka hamma joyda UTF-8. Ishonchli yo‘l: new FileReader(f, StandardCharsets.UTF_8) yoki Files metodlari.
Fayllar bilan ishlash
Uchta namunaviy topshiriq. Java dasturlari loyihaning joriy papkasida fayl yaratadi — natijalar aynan ko‘rsatilgandek bo‘ladi. Har biridan keyin Python’dagi ishlaydigan nusxasi.
Namunaviy topshiriq 1. O‘yinni saqlash va yuklash
Shart: ikki qahramon ism;daraja;oltin ko‘rinishida save.txt ga yozilsin: birinchisi — faylni yaratib, ikkinchisi — oxiriga qo‘shib. So‘ng fayl o‘qilib, har bir qator chiroyli chiqarilsin va fayl hajmi ko‘rsatilsin.
- Yozish
Files.writeString(fayl, matn)— fayl bo‘lmasa yaratadi, bo‘lsa tozalab yozadi. - Qo‘shish
Uchinchi argument
StandardOpenOption.APPEND— mavjud matnni saqlab, oxiriga yozadi. - O‘qish va ajratish
Files.readAllLines→List<String>; har qatorsplit(";")bilan ustunlarga bo‘linadi. - throws IOException
Barcha
Filesmetodlari checkedIOExceptionotishi mumkin; bu namunada unimainsarlavhasida e’lon qildik.
Main.javaimport java.io.IOException; import java.nio.file.*; import java.util.List; public class Main { public static void main(String[] args) throws IOException { Path fayl = Path.of("save.txt"); Files.writeString(fayl, "Alpomish;7;1200\n"); Files.writeString(fayl, "Barchinoy;9;3400\n", StandardOpenOption.APPEND); List<String> qatorlar = Files.readAllLines(fayl); System.out.println("Qatorlar soni: " + qatorlar.size()); for (String q : qatorlar) { String[] p = q.split(";"); System.out.println(p[0] + " — " + p[1] + "-daraja, " + p[2] + " oltin"); } System.out.println("Hajmi: " + Files.size(fayl) + " bayt"); } }
Qatorlar soni: 2 Alpomish — 7-daraja, 1200 oltin Barchinoy — 9-daraja, 3400 oltin Hajmi: 33 bayt
Hajm: «Alpomish;7;1200» — 15 belgi + yangi qator = 16 bayt, «Barchinoy;9;3400» — 16 + 1 = 17 bayt. Jami 33. Lotin harflari va raqamlar UTF-8 da 1 baytdan; «‘» yoki «’» kabi belgilar esa 3 baytdan joy oladi.
Namunaviy topshiriq 2. BufferedReader bilan qatorma-qator o‘qish
Shart: kvestlar ro‘yxati faylini raqamlab chiqaring. Fayl yo‘q bo‘lsa, dastur yiqilmasin — tushunarli xabar bersin. Katta fayllarni (masalan, 2 GB log) readAllLines bilan butunlay xotiraga yuklash mumkin emas — BufferedReader esa bir vaqtda faqat bitta qatorni ushlaydi.
Main.javaimport java.io.BufferedReader; import java.io.IOException; import java.nio.file.*; import java.util.List; public class Main { static void oqi(String nom) { try (BufferedReader r = Files.newBufferedReader(Path.of(nom))) { String qator; int n = 0; while ((qator = r.readLine()) != null) { // null — fayl oxiri n++; System.out.println(n + ": " + qator); } System.out.println("Jami: " + n + " qator"); } catch (NoSuchFileException e) { System.out.println("Fayl topilmadi: " + e.getMessage()); } catch (IOException e) { System.out.println("O‘qish xatosi: " + e); } } public static void main(String[] args) throws IOException { Files.write(Path.of("quest.txt"), List.of("Ajdarni top", "Sandiqni och", "Qishloqqa qayt")); oqi("quest.txt"); oqi("yoq.txt"); } }
1: Ajdarni top 2: Sandiqni och 3: Qishloqqa qayt Jami: 3 qator Fayl topilmadi: yoq.txt
while ((qator = r.readLine()) != null) qanday o‘qiladi?Avval ichki qavs: readLine() natijasi qator ga yoziladi. Tayinlash ifodasining qiymati — yozilgan qiymatning o‘zi, u null bilan solishtiriladi. Bu Java’dagi eng mashhur «idioma»lardan biri — uni yod oling.
Laboratoriya: fayl ko‘rsatkichi
Fayl ichida «ko‘rsatkich» (cursor) bor: har bir o‘qish uni oldinga suradi. Faylni tanlang va read() (bitta belgi) yoki readLine() (bitta qator) tugmalarini bosing — o‘ngda metodlar aynan nima qaytarishi chiqadi. ↵ — yangi qator belgisi \n.
:ik-hujjat: BufferedReader ichida
Namunaviy topshiriq 3. BufferedWriter, papka va CSV tahlili
Shart: hisobot papkasida ballar.csv faylini yarating (sarlavha + 3 talaba), so‘ng faylni o‘qib, 86 va undan yuqori ball olganlarni sanang.
Main.javaimport java.io.BufferedWriter; import java.io.IOException; import java.nio.file.*; import java.util.stream.Stream; public class Main { public static void main(String[] args) throws IOException { Path papka = Files.createDirectories(Path.of("hisobot")); // bor bo‘lsa — xato yo‘q Path p = papka.resolve("ballar.csv"); // hisobot/ballar.csv String[][] data = {{"Aziz", "86"}, {"Malika", "95"}, {"Bobur", "71"}}; try (BufferedWriter w = Files.newBufferedWriter(p)) { w.write("ism,ball"); w.newLine(); for (String[] r : data) { w.write(r[0] + "," + r[1]); w.newLine(); } } // close() → diskka yozildi long yuqori; try (Stream<String> qatorlar = Files.lines(p)) { yuqori = qatorlar.skip(1) // sarlavhani tashlab .map(s -> s.split(",")) .filter(a -> Integer.parseInt(a[1]) >= 86) .count(); } System.out.println("Fayl: " + p.getFileName() + ", papka: " + p.getParent()); System.out.println("86 va undan yuqori: " + yuqori + " ta"); } }
Fayl: ballar.csv, papka: hisobot 86 va undan yuqori: 2 ta
Files.lines qatorlarni «oqim» (Stream) sifatida dangasa (lazy) o‘qiydi — fayl ochiq qoladi, shuning uchun u ham try-with-resources ichida. map, filter ichidagi s -> ... — lambda ifodalar; ular 13-laboratoriya ishida batafsil o‘rganiladi.
| Python | Ma’nosi | Fayl yo‘q bo‘lsa | Java (Files) |
|---|---|---|---|
"r" | O‘qish (sukut) | FileNotFoundError | readAllLines, newBufferedReader → NoSuchFileException |
"w" | Tozalab yozish | Yaratadi | writeString(p, s) |
"a" | Oxiriga qo‘shish | Yaratadi | writeString(p, s, CREATE, APPEND) |
"x" | Faqat yangi fayl | Yaratadi (bor bo‘lsa FileExistsError) | CREATE_NEW (bor bo‘lsa FileAlreadyExistsException) |
"rb", "wb" | Ikkilik (bayt) rejim | readAllBytes, write(p, byte[]) |
Sinov ishlari: avval bashorat, keyin tekshiruv
Mustaqil topshiriqlar
7 ta topshiriq: har birida dastur avval faylga yozadi, keyin uni o‘qiydi — natija ekranga chiqadi va testlar uni tekshiradi. Fayllar brauzerning virtual xotirasida yaratiladi. Har doim with open(..., encoding="utf-8") ishlating.
Brauzerdagi virtual fayl tizimi (Linux kabi) Quest.txt va quest.txt ni farqlaydi. Windows’da esa ular bitta fayl. Java’da ham xuddi shunday — bu operatsion tizimga bog‘liq.
Ko‘p uchraydigan xatolar
| Xato | Oqibati | To‘g‘risi |
|---|---|---|
Faylni yopmaslik (close() yo‘q) | Ma’lumot buferda qoladi, fayl band bo‘lib qoladi | try-with-resources / with |
writeString ni log uchun APPEND’siz ishlatish | Har safar eski yozuvlar o‘chadi | StandardOpenOption.APPEND / "a" |
Kodirovkani ko‘rsatmaslik (new FileReader(f), Java 17) | «o‘» o‘rniga «o‘» kabi «kraker»lar | StandardCharsets.UTF_8 yoki Files |
readLine() ni "" bilan solishtirish | Bo‘sh qatorda sikl to‘xtaydi yoki fayl oxirida NPE | != null |
Windows yo‘li: "C:\new\test.txt" | \n va \t — maxsus belgilar! | "C:\\new\\test.txt" yoki Path.of("C:", "new", "test.txt") |
Katta faylni readAllLines bilan o‘qish | OutOfMemoryError | BufferedReader / Files.lines |
Python: f.readline() natijasidagi \n ni unutish | Taqqoslash har doim False | .rstrip("\n") yoki splitlines() |
Boss level
Boss level: saqlash slotlari menejeri
O‘yinning saqlash tizimini yozing. Har bir slot — slotlar/slot_N.json fayli (json moduli bilan). Buyruqlar («stop» gacha): saqla N ism daraja oltin → «Slot N saqlandi»; yukla N → «Slot N: ism, daraja-daraja, oltin oltin» yoki «Slot N bo‘sh»; royxat → mavjud slot raqamlari o‘sish tartibida «Slotlar: 1, 3» (bo‘lmasa «Slotlar: yo‘q»); ochir N → «Slot N o‘chirildi» yoki «Slot N bo‘sh». N — 1 dan 5 gacha; boshqacha bo‘lsa yoki son bo‘lmasa — «Noto‘g‘ri slot». Daraja/oltin son bo‘lmasa — «Noto‘g‘ri ma’lumot». +60 XP
Maslahat: FileNotFoundError va ValueError ni ushlang; slotlar ro‘yxati uchun os.listdir. Kodning boshidagi tozalash qatorlari har ishga tushirishni «toza o‘yin» qiladi — ularni o‘zgartirmang.
Mustahkamlash
Nazorat savollari
Path va Files sinflarining vazifasi nima?
Path — fayl tizimidagi manzilni ifodalaydi (faylni ochmaydi); Files — shu manzil bo‘yicha o‘qish, yozish, nusxalash, o‘chirish, tekshirish kabi static metodlar to‘plami.
Files.readAllLines va BufferedReader’ning farqi?
readAllLines butun faylni bir zumda xotiraga ro‘yxat sifatida yuklaydi — kichik fayllar uchun qulay. BufferedReader qatorma-qator o‘qiydi va bir vaqtda faqat bitta qatorni ushlaydi — katta fayllar uchun.
readLine() siklini yozing va izohlang.
while ((qator = r.readLine()) != null) { ... } — har iteratsiyada qator o‘qiladi, o‘zgaruvchiga yoziladi va null (fayl oxiri) bilan solishtiriladi.
Faylga yozishda qanday rejimlar bor?
Tozalab yozish (sukut: CREATE, TRUNCATE_EXISTING, WRITE), oxiriga qo‘shish (APPEND), faqat yangi fayl (CREATE_NEW). Python’da: "w", "a", "x".
BufferedWriter’da yozilgan ma’lumot qachon diskka tushadi?
Bufer to‘lganda, flush() yoki close() chaqirilganda. Shu sabab try-with-resources majburiy darajada muhim.
Kodirovka muammosi nima va uni qanday oldini olasiz?
Matn bir kodirovkada yozilib, boshqasida o‘qilsa, maxsus belgilar buziladi. UTF-8 ni aniq ko‘rsatish (StandardCharsets.UTF_8, encoding="utf-8") yoki UTF-8 ishlatadigan Files metodlaridan foydalanish kerak. Java 18 dan standart kodirovka UTF-8.
Fayl bilan ishlashda qaysi istisnolar chiqishi mumkin?
NoSuchFileException / FileNotFoundException (fayl yo‘q), AccessDeniedException (ruxsat yo‘q), FileAlreadyExistsException, MalformedInputException (kodirovka mos emas), umumiy IOException; Files.lines stream ichida — UncheckedIOException.
Nisbiy va mutlaq yo‘l farqi nima?
Mutlaq yo‘l ildizdan to‘liq manzil; nisbiy yo‘l joriy ishchi papkaga (user.dir) nisbatan hisoblanadi. toAbsolutePath() nisbiyni mutlaqqa aylantiradi.
Mustaqil ish
Fan dasturidagi mustaqil ta’lim mavzusi: «File I/O amaliyoti» (4 soat). Variantingiz bo‘yicha Java dasturi yozing: ma’lumotlarni CSV faylga yozadi (BufferedWriter), qayta o‘qiydi (BufferedReader yoki Files), hisobot faylini APPEND rejimida to‘ldiradi va barcha fayl xatolarini try-with-resources + catch bilan qayta ishlaydi. Python’da ham xuddi shuni bajaring.
| Mezon | Ball |
|---|---|
| CSV yozish va o‘qish to‘g‘ri, UTF-8, try-with-resources | 2 |
| APPEND rejimidagi hisobot/log ishlaydi | 1 |
| Fayl xatolari (yo‘q fayl, noto‘g‘ri qator) qayta ishlangan | 1 |
| Python varianti va fayllarning ekran rasmlari | 1 |
Xulosa
Darsdagi natijangiz
Natijalar shu brauzerda saqlanadi. Barcha bo‘limlarni o‘qing, mashqlar va topshiriqlarni bajaring.