ZiyoAnim IK: After Effects uchun animatsiya moduli
Adobe After Effects uchun o'zbek tilidagi personaj animatsiyasi moduli: IK, FK, overlap, yuz ifodalari, yurish generatori va bake bitta panelda.
ExtendScriptAfter EffectsAnimatsiyaIK
Bu nima
Magistrlik tadqiqotim doirasida yaratilgan modul. 2D personajni Illustrator'dan import qilishdan tortib tayyor videoga chiqarishgacha bo'lgan ishni bitta paneldan bajaradi. Personajni sichqoncha bilan pozalash, yurish sikli va ustma-ust harakatni avtomatik yaratish mumkin.
Imkoniyatlari
Rig: qatlamlarni nomidan aniqlash, bo'g'in nuqtalarini tuzatish, bir tugma bilan riglash.
Animatsiya: sichqonchada pozalash, pozalar orasida o'tish, videoga chiqarish.
IK: sakrashsiz IK va FK almashinuvi, cho'zilish, rubber-hose qo'llar.
Harakat: yurish sikli, silliq to'xtash, salom, tayyor sahna.
Overlap: ustma-ust harakat va follow-through, umurtqa, dum va soch zanjirlari.
Bake: ifodalarni kalit kadrlarga aylantirish va ortiqcha kalitlarni xato chegarasi bilan qisqartirish.
5 ta o'zimiz chizgan personaj: Aziz, Malika, Bobur ota, Nilufar, Jasur.
Asosiy tushunchalar
Teskari kinematika (IK)
Qo'l yoki oyoqning uchini sudrasangiz, yelka va tirsak burchaklari analitik formula bilan o'zi hisoblanadi.
Ikkilamchi harakat (overlap)
Asosiy harakatdan keyin soch, kiyim yoki dum kechikib, so'nib tebranadi. Bu kalit kadrlarga asoslangan model bilan hisoblanadi.
Xato chegaralangan bake
Ifodalar kalit kadrlarga aylantiriladi, so'ng ko'rinishni berilgan xatodan ortiq o'zgartirmaydigan ortiqcha kalitlar olib tashlanadi.
Avtomatik sinov
After Effects 2027 da 419 ta avtomatik tekshiruvdan o'tgan.
Holati
2.3 versiya. Ilmiy maqolalarda yoritilgan.
Bu loyihaning manba kodi va materiallari ochiq e'lon qilinmagan (dissertatsiya ishi, himoyagacha yopiq). Sahifada faqat uning nima ekanligi va asosiy g'oyalari yozilgan. Hamkorlik yoki namoyish uchun Telegram orqali bog'laning.