Ingliz tili bo'yicha test topshirish va natijani darhol ko'rish uchun oflayn test platformasi.
HTMLJavaScriptTest
Bu nima
Bitta HTML fayldan iborat test platformasi. Turli savol turlari (variant tanlash, matn kiritish, son kiritish) bilan ishlaydi, natijani darhol hisoblaydi.
Imkoniyatlari
Bir nechta savol turi: variantli, yozma javob, son kiritish.
Natijalar va xatolar tahlili darhol chiqadi.
Internetsiz, brauzerning o'zida ishlaydi.
Asosiy tushunchalar
Avtomatik baholash
Javob kiritilishi bilan tekshiriladi, xato javob uchun to'g'ri variant ko'rsatiladi.
Bitta faylli ilova
O'rnatish talab qilinmaydi: faylni ochish kifoya.
Holati
Darslarda ishlatilgan (avgust versiyasi).
Bu loyihaning manba kodi va materiallari ochiq e'lon qilinmagan (test savollari himoyasi). Sahifada faqat uning nima ekanligi va asosiy g'oyalari yozilgan. Hamkorlik yoki namoyish uchun Telegram orqali bog'laning.