Yopiq loyiha

Lingvix: test va lug'at platformasi

Ingliz tili bo'yicha talaba, o'qituvchi va admin rollari bor test va lug'at platformasi. Javoblar faqat serverda saqlanadi.

Node.jsPostgreSQLDockerIngliz tili

Bu nima

Guruhlarda ingliz tili o'qitish uchun veb-platforma. Talaba ro'yxatdan o'tadi, o'qituvchi tasdiqlaydi va guruhlarga vazifa beradi. Talabalar tayyorlanish va topshirish rejimlarida ishlaydi, o'qituvchi natijalar va yo'qlamani yuritadi.

Imkoniyatlari

Asosiy tushunchalar

Javoblar serverda
To'g'ri javoblar brauzerga yuborilmaydi: tekshirish serverda bajariladi, shuning uchun talaba javobni kod ichidan topa olmaydi.
Umumiy tekshirish moduli
Javobni baholash kodi brauzer va server uchun bitta, natijalar har ikki tomonda bir xil chiqadi.
Konteynerda joylash
Dockerfile orqali Railway, Render yoki istalgan VPS'ga joylanadi; migratsiya va kontent importi o'zi bajariladi.

Holati

Ishlab chiqilmoqda.

Bu loyihaning manba kodi va materiallari ochiq e'lon qilinmagan (o'quv materiali va test savollari himoyasi). Sahifada faqat uning nima ekanligi va asosiy g'oyalari yozilgan. Hamkorlik yoki namoyish uchun Telegram orqali bog'laning.