Kompyuter qurilmalari va ularga xizmat ko'rsatishni o'rgatadigan oflayn o'quv platformasi, 480 dan ortiq qurilmadan iborat 3D atlas bilan.
HTMLThree.js3DOflayn
Bu nima
Bitta HTML fayldan iborat o'quv platformasi: internet va o'rnatish talab qilinmaydi, brauzerda ochiladi. Kompyuter tuzilishi, qismlari, yig'ish va nosozliklarni topishni bosqichma-bosqich o'rgatadi.
Imkoniyatlari
Olti bo'lim bo'yicha darslar, har biri uch darajada: sodda, o'rtacha, mukammal.
3D atlas: 480 dan ortiq qurilma (protsessor, xotira, disk, videokarta, ona plata, quvvat bloki, sovutgich, korpus, tashqi qurilmalar). Modelni aylantirib ko'rish, qismiga bosilganda izohi chiqadi.
Mashqlar: kunlik chaqiriq, o'yinlar, nosozlik topish trenajyori, kompyuter yig'ish stendi.
Atamalar lug'ati va ma'lumotnoma jadvallari.
Asosiy tushunchalar
Oflayn platforma
Hamma resurs (shriftlar, rasmlar, 3D modellar) faylning ichiga joylangan, shuning uchun internet bo'lmagan sinfxonada ham ishlaydi.
Protsedurali 3D modellar
Qurilmalar kod yordamida yasalgan: 415 ta model GLB formatida ham chiqarilgan. Firma logotiplari va aniq mahsulot dizayni ko'chirilmagan.
Uch darajali ta'lim
Bitta mavzu boshlovchi, o'rta va ilg'or o'quvchi uchun alohida chuqurlikda yoritiladi.
Holati
7.38 versiya. Darslarda ishlatilmoqda.
Bu loyihaning manba kodi va materiallari ochiq e'lon qilinmagan (o'quv materiali). Sahifada faqat uning nima ekanligi va asosiy g'oyalari yozilgan. Hamkorlik yoki namoyish uchun Telegram orqali bog'laning.