Word shablonlarini saqlangan shaxsiy ma’lumotlar bilan formatni buzmasdan to‘ldiradi: profillar, 11 ta tayyor o‘zbekcha ariza, PDF va Excel jadvalidan ommaviy yaratish.
Windows 10 (1809+) yoki 11 · internet talab qilinmaydi · o‘zbek, rus, ingliz tillari
Python 3.12 va PySide6 asosidagi oflayn ish stoli dasturi. Foydalanuvchi o‘zi va oila a’zolari uchun profillar yuritadi, Word shablonidagi qo‘sh jingalak qavsli o‘rinbosarlar esa avtomatik topilib, profil maydonlariga bog‘lanadi. O‘rinbosar Word ichida bir nechta bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa ham topiladi, jadvallar, kolontitullar va matn bloklari ham to‘ldiriladi, qiymat esa o‘rinbosar turgan joydagi formatni oladi. Profillar ixtiyoriy parol bilan Fernet (AES) orqali shifrlanadi, kalit paroldan PBKDF2-SHA256 bilan olinadi.
Ishga qabul, ta’til, ma’lumotnoma so‘rash, tushuntirish xati, ishonchnoma, obyektivka kabi hujjatlarning shakli deyarli o‘zgarmaydi, faqat shaxsiy ma’lumotlar, sana va rahbar ma’lumotlari almashadi. Eski faylni nusxalab qo‘lda tahrirlashda oldingi shaxsning ma’lumoti qolib ketadi, sana yangilanmaydi, formatlash buziladi, kafedra yoki kadrlar bo‘limida esa o‘nlab nusxa tayyorlash ko‘p vaqt oladi. Dastur bu ishni avtomatlashtiradi va shaxsiy ma’lumotlarni tashqi serverga yubormasdan, faqat foydalanuvchi kompyuterida himoyalangan holda saqlaydi.
Hujjatlar o‘zbek tilida. Word nusxalari dastur arxivida va GitHub sahifasida.