Tizim va tarmoqTavsifVersiya 3.1.2Windows 10 · 11UZ · RU · EN
Printer ulash
Tashkilot tarmog‘ida printerni bir kompyuterdan boshqalariga ulashish va ularga ulanish uchun dastur: server va mijozni sozlaydi, drayverni o‘rnatadi, chop etish muammolarini aniqlab tuzatadi.
Windows 10 (1809+) yoki 11 · internet talab qilinmaydi · o‘zbek, rus, ingliz tillari
Bu nima
Windows 10 va 11 uchun ish stoli dasturi bo‘lib, kompyuterga ulangan printerni ulashish yoki tarmoqdagi printerga ulanish yo‘lini tanlashdan boshlanadi. Serverlar UDP orqali avtomatik topiladi, mijoz va server bir martalik 8 belgili kod bilan PBKDF2, HMAC va AES-GCM yordamida tanishadi. Drayver Windows drayver omboridan yoki serverdan o‘rnatiladi, diagnostika Spooler, tarmoq toifasi, brandmauer, hisob, agent, navbat va PrintService hodisalarini tekshirib, bir bosishda tuzatadi. Har bir tizim o‘zgarishi bajarilishidan oldin ro‘yxat qilib ko‘rsatiladi, parollar Windows DPAPI bilan himoyalanadi. Dastur muallifning Printer Ulash 3.0 dasturining xavfsizligi va ishonchliligi qayta ishlangan yangi versiyasidir.
Nima uchun kerak
Windows printerni ulashish uchun barcha vositalarga ega, ammo ularni to‘g‘ri tartibda va xavfsiz sozlash bir nechta boshqaruv oynasi, PowerShell buyruqlari va tarmoq turi, ruxsatlar hamda drayver arxitekturasi haqida bilim talab qiladi. Windows yangilanishlari bilan RPC himoyasining kuchaytirilishi va parolsiz kirishning yopilishi 0x0000011b, 0x00000709 kabi xatolarga olib keladi. “Printer ulash” idora va ta’lim muassasalaridagi bu ishni ketma-ket, tekshiriladigan qadamlarga aylantiradi.
Imkoniyatlari
Ikki yo‘l: shu kompyuterdagi printerni ulashish yoki tarmoqdagi printerga ulanish.
Serverlarni avtomatik topish va bir martalik 8 belgili kod bilan tanishish; parol shifrlangan holda uzatiladi.
Drayverni Windows omboridan yoki serverdan o‘rnatish; 0x0000011b va 0x00000709 xatolarini aylanib o‘tish.
Diagnostika: Spooler, tarmoq toifasi, brandmauer, hisob, agent, navbat va PrintService hodisalari; bir bosishda tuzatish.
Chop etish navbatini boshqarish: to‘xtatish, davom ettirish, qayta boshlash va bekor qilish.
Har bir o‘zgarish bajarilishidan oldin ro‘yxat qilinadi; hech narsani o‘zgartirmaydigan sinov rejimi mavjud.
Parollar Windows DPAPI bilan himoyalanadi, brandmauer faqat mahalliy xususiy va domen tarmog‘i uchun ochiladi.
Asosiy tushunchalar
Tanishish protokoli
Mijoz va server bir martalik 8 belgili kod orqali bir-birini tasdiqlaydi. Kod PBKDF2 bilan kalitga aylantiriladi, ma’lumotlar HMAC va AES-GCM bilan himoyalanib uzatiladi.
Windows DPAPI himoyasi
Windows’ning ma’lumotlarni himoyalash interfeysi: parol shu kompyuter va hisobga bog‘langan holda shifrlanadi. Eski versiyadagi ochiq matnli parol fayllari shu shaklga o‘tkaziladi.
Mahalliy tarmoq bilan cheklangan brandmauer qoidalari
SMB, Spooler RPC va agent uchun qoidalar faqat Xususiy va Domen profillarida hamda faqat mahalliy quyi tarmoq manzillaridan kirishga ruxsat beradi. Bu kompyuterni kafe yoki mehmonxona kabi umumiy tarmoqlarda yopiq saqlaydi.
Dastur oynasidan lavhalar
Bu dastur hozircha tavsif sifatida taqdim etilgan: yuklab olish havolasi va hujjatlari ochiq e’lon qilinmagan. Foydalanish, namoyish yoki hamkorlik uchun Telegram orqali bog‘laning.