HujjatlarTavsifVersiya 1.0.2Windows 10 · 11UZ · RU · EN

PDF asboblari

PDF hujjatlar bilan kundalik ishning yigirmata amalini bitta oynada jamlagan oflayn asboblar to‘plami: ajratish, birlashtirish, siqish, konvertatsiya, raqamlash va shifrlash.

Windows 10 (1809+) yoki 11 · internet talab qilinmaydi · o‘zbek, rus, ingliz tillari

Bu nima

Windows uchun ish stoli dasturi bo‘lib, PDF ustidagi yigirmata amalni beshta guruhga ajratilgan yagona grafik interfeysda birlashtiradi: sahifalar, fayllar, konvertatsiya, qo‘shish va himoya, ko‘rish. Sahifalar oraliq ifodasi (“5-12, 20”, “last”, “odd”) yoki miniatyuralarni bosish orqali tanlanadi. Hujjat tuzilmasi bilan ishlash pikepdf (QPDF) va pypdf, sahifalarni chizish PDFium, qo‘shimcha qatlamlar ReportLab orqali bajariladi. Natija har doim yangi faylga yoziladi, asl fayl o‘zgarmaydi.

Nima uchun kerak

Idora, ta’lim muassasasi va korxonada PDF bilan ishlashda ko‘pincha matnni emas, hujjat tuzilishini o‘zgartirish kerak bo‘ladi: sahifa ajratish, fayllarni yig‘ish, hajmni pochta cheklovlariga moslash. Onlayn xizmatlar faylni tashqi serverga yuklashni talab qiladi, tijorat dasturlari esa litsenziya va boshqa tildagi interfeys bilan keladi. “PDF asboblari” xizmat hujjatlarini kompyuterdan chiqarmasdan, o‘zbek tilida va internetsiz qayta ishlash imkonini beradi.

Imkoniyatlari

Asosiy tushunchalar

Sahifa oralig‘i ifodasi
“1-3, 5, 8-”, “last-1”, “odd” kabi yozuv bo‘lib, dastur uni tahlil qilib sahifalar ro‘yxatiga aylantiradi. Noto‘g‘ri yoki hujjat chegarasidan tashqaridagi raqam uchun sabab ko‘rsatiladi.
Asl faylni himoyalash
Har bir amal natijasi yangi faylga yoziladi va mavjud fayl ustiga yozilmaydi, shuning uchun xato amal hujjatni buzib qo‘ymaydi.
AES-256 shifrlash
PDF standartidagi eng kuchli himoya darajasi (R6). Parol qo‘yilgan hujjatni uni bilmagan odam ocha olmaydi.

Dastur oynasidan lavhalar

PDF asboblariPDF asboblariPDF asboblariPDF asboblari
Bu dastur hozircha tavsif sifatida taqdim etilgan: yuklab olish havolasi va hujjatlari ochiq e’lon qilinmagan. Foydalanish, namoyish yoki hamkorlik uchun Telegram orqali bog‘laning.

Texnologiyalar

PythonPySide6pikepdfPDFiumOflayn