Tizim va tarmoqYuklab olish mumkinVersiya 1.0.2Windows 10 · 11UZ · RU · EN

Disk tahlilchisi

Disk va papkalarda joyni nima egallayotganini ko‘rsatadi: papkalar xaritasi, eng katta va eski fayllar, fayl turlari statistikasi hamda kesh va vaqtinchalik fayllarni Savatga xavfsiz tozalash.

Yuklab olishGitHub sahifasi

Windows 10 (1809+) yoki 11 · internet talab qilinmaydi · o‘zbek, rus, ingliz tillari

Bu nima

Windows 10 va 11 uchun ish stoli dasturi bo‘lib, papkalar daraxtini ish navbati va bir nechta oqim yordamida tez o‘qiydi; skanerlashni istalgan paytda to‘xtatish mumkin. Natija squarified treemap algoritmiga asoslangan papkalar xaritasi, saralanadigan daraxt, eng katta 100 ta fayl ro‘yxati, fayl turlari statistikasi va uzoq vaqt ochilmagan fayllar ko‘rinishida beriladi. O‘chirish faqat foydalanuvchi tasdig‘idan keyin Windows Savatiga Send2Trash orqali bajariladi. Disk ildizi, Windows, Program Files va foydalanuvchi papkalarining o‘zi dastur darajasida himoyalangan.

Nima uchun kerak

Disk to‘lib qolganda foydalanuvchi qaysi papka joyni egallayotganini Explorer orqali bilib ololmaydi: papka hajmlari ko‘rsatilmaydi, katta fayllar chuqur ichki papkalarda yashiringan bo‘ladi. Brauzer, Unity va Adobe keshlari, vaqtinchalik fayllar esa sezdirmasdan gigabaytlab o‘sadi. “Disk tahlilchisi” joy taqsimotini ko‘rgazmali ko‘rsatadi va keraksiz fayllarni tizim papkalariga zarar yetkazmasdan tozalash imkonini beradi.

Imkoniyatlari

Asosiy tushunchalar

Papkalar xaritasi (treemap)
Har bir papka hajmiga mutanosib to‘rtburchak sifatida chiziladi. Squarified algoritmi to‘rtburchaklarni kvadratga yaqin qiladi, shuning uchun katta papkalar darhol ko‘zga tashlanadi.
Savatga o‘chirish
Fayllar butunlay yo‘q qilinmaydi, Windows Savatiga yuboriladi. Xato tanlangan faylni Savatdan qaytarib olish mumkin.

Dastur oynasidan lavhalar

Disk tahlilchisiDisk tahlilchisiDisk tahlilchisiDisk tahlilchisi

Hujjatlar

Hujjatlar o‘zbek tilida. Word nusxalari dastur arxivida va GitHub sahifasida.

Texnologiyalar

PythonPySide6Send2TrashpsutilOflayn