Ta’limYuklab olish mumkinVersiya 1.0.2Windows 10 · 11UZ · RU · EN

Dars jadvali va deadline eslatuvchisi

O‘qituvchining haftalik dars jadvalini toq va juft haftalar bilan yuritadi, muddatli vazifalarni kuzatadi va dars hamda muddat oldidan Windows bildirishnomasi beradi.

Yuklab olishGitHub sahifasi

Windows 10 (1809+) yoki 11 · internet talab qilinmaydi · o‘zbek, rus, ingliz tillari

Bu nima

Python 3.12 va PySide6 asosidagi oflayn dastur bo‘lib, to‘rtta sahifadan iborat: “Bugun”, “Hafta”, “Vazifalar” va “Sozlamalar”. Hafta raqami va uning toq yoki juftligi semestr boshlanish sanasidan avtomatik hisoblanadi, darslar esa to‘g‘ri haftada ko‘rsatiladi. Rangli hafta to‘ri QPainter bilan chiziladi, joriy vaqt qizil chiziq bilan belgilanadi. Eslatmalar tizim tepsisidagi belgi orqali chiqadi, jadval PDF va PNG ga eksport qilinadi yoki chop etiladi.

Nima uchun kerak

Ko‘plab OTMlarda jadval toq va juft haftalarga bo‘lingan, bir o‘qituvchi esa turli binolarda bir nechta guruhga ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. Joriy hafta juftligi ko‘pincha qo‘lda hisoblanadi va semestr o‘rtasida xato qilish oson, umumiy kalendarlar esa bu tushunchani qo‘llab-quvvatlamaydi. Dastur jadval va muddatli vazifalarni bir joyda birlashtirib, o‘qituvchi, talaba va doktorantga hech bir dars va muddatni o‘tkazib yubormaslikka yordam beradi.

Imkoniyatlari

Asosiy tushunchalar

Hafta juftligi
Semestr boshlanish sanasidan hisoblangan hafta raqamining toq yoki juftligi. Har bir dars “har hafta”, “faqat toq” yoki “faqat juft” rejimida bo‘ladi va dastur uni avtomatik to‘g‘ri haftaga joylaydi.
Bir martalik eslatma
Dars va muddat eslatmalari har biri faqat bir marta chiqadi. Bu ikki hafta davomida har daqiqani modellashtiruvchi avtomatik testlar bilan tekshirilgan.

Dastur oynasidan lavhalar

Dars jadvali va deadline eslatuvchisiDars jadvali va deadline eslatuvchisiDars jadvali va deadline eslatuvchisiDars jadvali va deadline eslatuvchisi

Hujjatlar

Hujjatlar o‘zbek tilida. Word nusxalari dastur arxivida va GitHub sahifasida.

Texnologiyalar

PythonPySide6QtOflayn