Andijon davlat universiteti o'quv binolari va turar joylarining tartiblangan chizmalari, CAD fayllari va interaktiv 3D modellari.
PythonJavaScriptCAD3D
Bu nima
Universitet binolari bo'yicha hujjatlar to'plami: asl chizmalardan CAD fayllar, rangli va rangsiz chizmalar hamda brauzerda aylantirib ko'riladigan 3D modellar yasalgan. Universitetning umumiy gen plani va 3D modeli ham bor.
Imkoniyatlari
O'quv binolari (1800, 1600, 1000, 500, ARM) va talabalar turar joylari.
Har bir bino uchun: asl chizmalar, DXF/PDF/PNG chizmalar, 3D model (HTML, GLB, OBJ), haqiqiy rasmlar.
Topografik va sputnik asosidagi gen plan.
Asosiy tushunchalar
2D dan 3D ga
Qavat rejalaridagi devor va xonalar chiziqlaridan avtomatik ravishda hajmli model quriladi.
Internetsiz 3D ko'ruvchi
Har bir bino modeli bitta HTML faylda ochiladi, server talab qilinmaydi.
Holati
Ish davom etmoqda.
Bu loyihaning manba kodi va materiallari ochiq e'lon qilinmagan (universitet binolari chizmalari ochiq tarqatilmaydi). Sahifada faqat uning nima ekanligi va asosiy g'oyalari yozilgan. Hamkorlik yoki namoyish uchun Telegram orqali bog'laning.