Foydalanuvchi rollari va ruxsatlarini sozlash (yangi rol yaratish, imkoniyatlarni o‘zgartirish)
Ma’ruzada rollar va imkoniyatlar nazariyasini ko‘rdingiz. Bugun — «kadrlar bo‘limi» kuni: «Andijon Yangiliklari» portali uchun xodimlarga to‘g‘ri rollar berasiz, SEO menejer degan yangi rol yaratasiz, standart rollarning imkoniyatlarini tahririyat siyosatiga moslaysiz va natijani har bir xodim «ko‘zi bilan» tekshirasiz. Hammasini uch usulda: admin panel plagini (Members / User Role Editor), PHP kod va WP-CLI buyruqlari bilan.
Dars maqsadi va rejasi
Dars yakunida siz…
- mahalliy WordPress’da turli rollardagi test foydalanuvchilarini yaratib, ularning admin panelini tekshira olasiz
- Members yoki User Role Editor plagini bilan yangi rol yaratib, imkoniyatlarini sozlay olasiz
- add_role(), get_role()->add_cap() / remove_cap() va WP-CLI (wp role, wp cap) bilan rollarni kod orqali boshqara olasiz
- rollar va foydalanuvchi huquqlarini ma’lumotlar bazasida (wp_usermeta) SQL bilan tekshira olasiz
- bir nechta rol va shaxsiy imkoniyatlar qo‘shilganda yakuniy huquqni hisoblay olasiz
- eng kam imtiyoz tamoyili asosida tashkilot uchun rollar matritsasini loyihalay olasiz
Reja (fan dasturi bo‘yicha)
- Foydalanuvchi rollari va ruxsatlarini sozlash (yangi rol yaratish, imkoniyatlarni o‘zgartirish)
Laboratoriya qoidasi: har bir o‘zgarishdan keyin tekshiring. Rol berdingizmi — o‘sha foydalanuvchi bilan (inkognito oynada yoki User Switching plagini orqali) kirib, menyuni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. «Ishlashi kerak edi» — tekshiruv emas.
Muallif (Author) boshqalarning maqolasini tahrirlay olmaydi. Muharrir (Editor) esa tahrirlaydi, lekin o‘chira ham oladi va istalgan matnni nashr qiladi. Standart beshta rolning birortasi aniq mos kelmaydi. Yechim — o‘z rolingizni yaratish. Bugun aynan shuni, xuddi real tahririyatdagidek, qadamma-qadam bajarasiz.
Tayanch iboralar
Laboratoriya ishi haqida
:ik-maqsad: Ish maqsadi
WordPress’da foydalanuvchilar va rollarni boshqarish, yangi rol yaratish va mavjud rollarning imkoniyatlarini o‘zgartirish ko‘nikmasini hosil qilish; eng kam imtiyoz tamoyili asosida tashkilot uchun kirish nazorati tizimini loyihalash va tekshirish.
:ik-asbob: Jihozlar va dasturlar
Kompyuter; mahalliy server — LocalWP yoki XAMPP; o‘rnatilgan WordPress (1-laboratoriya ishidagi sayt); brauzer va uning inkognito oynasi; plaginlar: Members yoki User Role Editor, User Switching; ixtiyoriy — WP-CLI (LocalWP’da «Open site shell»), phpMyAdmin/Adminer.
Bajarish tartibi
- Nazariy eslatmani o‘qing va 6 ta test foydalanuvchi yarating (namunaviy topshiriq 1).
- Members (yoki User Role Editor) plaginini o‘rnatib,
seo_managerrolini yarating (namunaviy topshiriq 2). - Xuddi shu ishni kod va WP-CLI bilan takrorlang (namunaviy topshiriq 3).
- Brauzerdagi simulyatorda mustaqil topshiriqlar 1–7 ni bajaring, keyin aynan shu o‘zgarishlarni o‘z saytingizda qiling.
- SQL va Python topshiriqlarini (8–11) bajaring.
- Boss level — meta imkoniyatlar hakami.
- Hisobotni quyidagi shaklda tayyorlab, Discord’dagi dars postiga yuboring.
Hisobot shakli
- Titul: F.I.Sh., guruh, laboratoriya ishi nomi va sanasi
- Users ro‘yxati ekran rasmi (6 ta foydalanuvchi, rollari ko‘rinib turgan) va har bir rol uchun admin menyusi ekran rasmi
seo_managerroli: plagin oynasi ekran rasmi + PHP kod + WP-CLI buyruqlari natijasi (wp cap list seo_manager)- Simulyator va SQL/Python topshiriqlarining «bajarildi» ekran rasmlari
- Rollar matritsasi (jadval) va xulosa: qaysi xodimga qaysi rol, nima uchun (eng kam imtiyoz)
Nazariy eslatma
| Usul | Qachon qulay | Misol |
|---|---|---|
| Admin panel plagini (Members, User Role Editor) | Tez, vizual; dasturchi bo‘lmagan administrator uchun | Users → Roles → Add New Role |
| PHP kod (plagin) | Takrorlanadigan, versiyalanadigan, boshqa saytga ko‘chiriladigan | add_role() faollashtirish hook’ida |
| WP-CLI | Serverda tez, skriptlarda, ko‘p saytda bir xil | wp role create seo_manager "SEO menejer" --clone=author |
| Imkoniyat | Subscriber | Contributor | Author | Editor | Administrator |
|---|---|---|---|---|---|
read | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
edit_posts, delete_posts | — | ✓ | ✓ | ✓ | ✓ |
upload_files, publish_posts, edit_published_posts | — | — | ✓ | ✓ | ✓ |
edit_others_posts, edit_pages, moderate_comments, manage_categories | — | — | — | ✓ | ✓ |
edit_theme_options, activate_plugins, manage_options, list_users | — | — | — | — | ✓ |
Foydalanuvchi rollari va ruxsatlarini sozlash (yangi rol yaratish, imkoniyatlarni o‘zgartirish)
Uchta namunaviy topshiriqni o‘z kompyuteringizda bajaring. Har bir qadamdan keyin «Bajardim» belgisini qo‘yib boring.
Namunaviy topshiriq 1. Tahririyat jamoasini yaratish
- Saytni ishga tushiring
LocalWP’da saytni Start site bilan yoqing (XAMPP’da — Apache va MySQL’ni Start). Admin panelga kiring:
http://sizning-sayt.local/wp-adminyokihttp://localhost/sayt/wp-admin. - Ro‘yxatdan o‘tish sozlamasini tekshiring
Settings → General: «New User Default Role» — Subscriber. «Anyone can register» kerak bo‘lmasa — belgisiz.
- 6 ta foydalanuvchi qo‘shing
Users → Add New User:
malika(Editor),dilnoza(Author),bekzod(Contributor),sardor(hozircha Author),javohir(Subscriber). Email sifatidamalika@example.testkabi o‘quv manzillardan foydalaning; mahalliy saytda xat jo‘natilmaydi (LocalWP xatlarni «Mailpit»da ushlab qoladi). - Har bir rolni «ko‘zi bilan» tekshiring
User Switching plaginini o‘rnating: Users ro‘yxatida har bir foydalanuvchi ostida Switch To havolasi paydo bo‘ladi. Har biriga o‘tib, chap menyuni ekran rasmiga oling, so‘ng «Switch back» bilan qayting. Muqobil: inkognito oynada o‘sha foydalanuvchi bilan kirish.
Namunaviy topshiriq 2. Plagin bilan yangi rol: «SEO menejer»
- Plaginni o‘rnating
Plugins → Add New Plugin, qidiruvda «Members» (MemberPress jamoasi) yoki «User Role Editor» → Install Now → Activate.
- Yangi rol
Members: Members → Add New Role (eski versiyalarda Users → Add New Role). Role Name:
SEO menejer, slug:seo_manager. User Role Editor: Users → User Role Editor → Add Role, «Make copy of» ro‘yxatidan Author ni tanlash mumkin. - Imkoniyatlarni belgilang
Ruxsat:
read,edit_posts,edit_others_posts,edit_published_posts. Ruxsat yo‘q:publish_posts, barchadelete_*,manage_options. Saqlang. - Sardorga rol bering va tekshiring
Users → sardor → Role: SEO menejer. Uning nomidan kirib, Dilnozaning nashr qilingan maqolasini tahrirlab ko‘ring (mumkin), keyin o‘chirishga urinib ko‘ring (Trash havolasi umuman ko‘rinmasligi kerak).
Namunaviy topshiriq 3. Xuddi shu ish — kod va WP-CLI bilan
Admin paneldagi qo‘lda bajarilgan ish boshqa saytga ko‘chmaydi. Kod esa ko‘chadi. wp-content/plugins/andijon-rollar/andijon-rollar.php faylini yarating:
andijon-rollar.php<?php /** * Plugin Name: Andijon Yangiliklari — rollar * Description: SEO menejer roli va tahririyat siyosati. * Version: 1.0 */ if ( ! defined( 'ABSPATH' ) ) { exit; } // faylni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochishni taqiqlash register_activation_hook( __FILE__, function () { add_role( 'seo_manager', 'SEO menejer', [ 'read' => true, 'edit_posts' => true, 'edit_others_posts' => true, 'edit_published_posts' => true, ] ); get_role( 'contributor' )->add_cap( 'upload_files' ); // stajyorlar rasm yuklasin get_role( 'editor' )->add_cap( 'edit_theme_options' ); // muharrir menyularni boshqarsin get_role( 'author' )->remove_cap( 'delete_published_posts' ); // nashr qilingan yangilik o‘chirilmasin } ); register_deactivation_hook( __FILE__, function () { remove_role( 'seo_manager'); get_role( 'contributor' )->remove_cap( 'upload_files' ); get_role( 'editor' )->remove_cap( 'edit_theme_options' ); get_role( 'author' )->add_cap( 'delete_published_posts' ); } );
remove_role() qilinganda shu roldagi foydalanuvchilar rolsiz qoladi va admin panelga kira olmaydi. Haqiqiy loyihada o‘chirishdan oldin ularni boshqa rolga o‘tkazing. Mahalliy o‘quv saytida esa plaginni o‘chirib-yoqib, kod ishlashini bemalol sinang.
Endi xuddi shu natijani WP-CLI bilan. LocalWP’da sayt nomi ustida o‘ng tugma → Open site shell (XAMPP’da WP-CLI alohida o‘rnatiladi):
$ wp role list --fields=name,role $ wp role create seo_manager "SEO menejer" Success: Role with key 'seo_manager' created. $ wp cap add seo_manager read edit_posts edit_others_posts edit_published_posts $ wp cap add contributor upload_files $ wp cap add editor edit_theme_options $ wp cap remove author delete_published_posts $ wp user set-role sardor seo_manager $ wp user set-role bekzod contributor $ wp cap list seo_manager read edit_posts edit_others_posts edit_published_posts $ wp user list --fields=user_login,roles
wp role reset author buyrug‘i standart rolni WordPress’ning asl imkoniyatlariga qaytaradi — tajriba paytida «buzib qo‘ysangiz» qutqaradi. wp role reset --all esa barcha standart rollarni tiklaydi.
Simulyator: «User Role Editor» ustaxonasi
Brauzerdagi bu simulyator haqiqiy plaginga o‘xshaydi: chapda rol tanlanadi va uning imkoniyatlari belgilanadi, o‘ngda foydalanuvchilarga rol beriladi, pastda har bir harakatning PHP va WP-CLI ekvivalenti yoziladi. Mustaqil topshiriqlar 1–7 shu yerda avtomatik tekshiriladi. Boshlang‘ich holat ataylab «chalkash»: Malika administrator, Bekzod obunachi, Sardor muallif.
| Login | Lavozim | Rol |
|---|
Sinov ishlari: avval bashorat, keyin tekshiruv
Mustaqil topshiriqlar
1–7 topshiriqlar yuqoridagi simulyatorda avtomatik tekshiriladi — ularni bajarib, keyin aynan shu o‘zgarishlarni o‘z saytingizda takrorlang. Quyida 8–11: rollar bazada qanday saqlanishini SQL bilan tekshirasiz va huquqlarni hisoblash mantiqini Python’da yozasiz.
Boshlang‘ich koddagi UPDATE da user_id sharti yo‘q — u hammani ishtirokchi qilib qo‘yadi, shu jumladan administratorni ham! Real saytda bunday xato bilan administrator admin panelga kira olmay qoladi. Shuning uchun: avval SELECT … WHERE … bilan qaysi qatorlar o‘zgarishini ko‘ring, zaxira oling, keyin UPDATE. Va iloji bo‘lsa — wp user set-role.
Ko‘p uchraydigan xatolar
| Xato | Oqibati | To‘g‘risi |
|---|---|---|
| Yangi rolni «Editor nusxasi» qilib, ortiqchasini olib tashlamaslik | SEO menejer maqola o‘chiradi va sahifalarni nashr qiladi | Nusxadan keyin har bir delete_*, publish_* ni tekshirib chiqing |
| Rol slug’ida bo‘sh joy yoki kirill harflari | Kodda va WP-CLI’da murojaat qilish qiyin, xatolar | seo_manager — kichik lotin harflari va _ |
| Administrator rolini tahrirlash | O‘zingizni Settings yoki Users’dan «qulflab» qo‘yish | Administratorga tegmang; zarur bo‘lsa wp role reset administrator |
| Rolni o‘chirishdan oldin foydalanuvchilarni ko‘chirmaslik | Rolsiz hisoblar, kira olmaydigan xodimlar | Avval boshqa rolga o‘tkazish, keyin o‘chirish |
Bazada wp_capabilities ni qo‘lda yozishda uzunlikni xato berish (s:10:"contributor") | Serializatsiya buziladi — foydalanuvchi rolsiz ko‘rinadi | s:11 — satr uzunligi aniq bo‘lsin; yaxshisi WP-CLI yoki admin panel |
| Ikki rol-plaginini (Members va User Role Editor) birga ishlatish | Sozlamalar chalkashadi | Bittasini tanlang |
| Tekshirmasdan topshirish | «Menyu chiqmayapti» kabi kutilmagan muammolar | User Switching yoki inkognito oynada har bir rolni sinash |
Boss level
Boss level: meta imkoniyatlar hakami
WordPress current_user_can( 'edit_post', $id ) ni qanday hal qilishini o‘zingiz yozasiz. Bitta qatorda to‘rt so‘z kiritiladi: rol, amal (edit_post, delete_post, publish_post), egasi (o‘zi yoki boshqa) va holat (draft yoki publish). +80 XP
edit_post/delete_post: kerak —edit_posts(yokidelete_posts); boshqaniki bo‘lsa +*_others_posts; nashr qilingan bo‘lsa +*_published_posts(shu tartibda).publish_post: faqatpublish_posts.- Hammasi bor bo‘lsa —
ha; yo‘q bo‘lsa —yo‘q:va yetishmayotganlar vergul bilan (tartib saqlansin); noma’lum rol —rol topilmadi.
Mustahkamlash
Nazorat savollari
WordPress’da yangi rolni qanday usullar bilan yaratish mumkin?
Plagin orqali (Members, User Role Editor), PHP kodda add_role() (faollashtirish hook’ida) va WP-CLI’da wp role create.
Rolni klonlashning afzalligi va xavfi nimada?
Afzalligi — tez, kerakli imkoniyatlarning ko‘pi tayyor. Xavfi — ortiqcha imkoniyatlar (masalan, delete_*) ham ko‘chadi; ularni qo‘lda olib tashlash kerak.
add_cap() va remove_cap() natijasi qayerda saqlanadi va qachon chaqirilishi kerak?
Bazada, wp_options jadvalidagi wp_user_roles yozuvida. Bir marta — faollashtirish/yangilash paytida; har sahifa yuklanishida emas.
Foydalanuvchining roli bazada qayerda va qanday ko‘rinishda saqlanadi?
wp_usermeta jadvalida, meta_key = 'wp_capabilities', qiymati PHP-serializatsiya qilingan massiv: a:1:{s:6:"editor";b:1;}.
Har bir rolning admin panelini qanday tekshirasiz?
User Switching plagini bilan «Switch To» orqali yoki inkognito oynada o‘sha foydalanuvchi bilan kirib.
Foydalanuvchida ikkita rol bo‘lsa, uning imkoniyatlari qanday aniqlanadi?
Rollar imkoniyatlari birlashtiriladi; ustiga foydalanuvchiga shaxsan berilgan yoki taqiqlangan imkoniyatlar qo‘llanadi.
wp role reset buyrug‘i nima uchun kerak?
Standart rolni WordPress’ning asl imkoniyatlariga qaytaradi — noto‘g‘ri tahrir qilingan rolni tiklash uchun.
SEO menejer roli uchun qaysi imkoniyatlar kerak va qaysilari kerak emas? Asoslang.
Kerak: read, edit_posts, edit_others_posts, edit_published_posts (sarlavha, tavsif, slug’ni tuzatish). Kerak emas: publish_posts, delete_*, manage_options, plaginlar — vazifasiga aloqasi yo‘q, eng kam imtiyoz tamoyili.
Mustaqil ish
Fan dasturidagi mustaqil ta’lim mavzusi: «Foydalanuvchi rollari va ruxsatlarini boshqarish tizimini o‘rganish» (6 soat).
Variantingizdagi tashkilot uchun mahalliy WordPress’da to‘liq rollar tizimini joriy qiling: rollar matritsasi (jadval), kamida 2 ta maxsus rol (PHP plagin ko‘rinishida, faollashtirish/o‘chirish hook’lari bilan), har bir rol uchun test foydalanuvchi va ularning admin menyusi ekran rasmlari, hamda WP-CLI buyruqlari ro‘yxati (wp role list, wp cap list …, wp user list --fields=user_login,roles).
| Mezon | Ball |
|---|---|
| Rollar matritsasi to‘liq, eng kam imtiyoz tamoyiliga mos | 1 |
| Maxsus rollar PHP plaginda to‘g‘ri (activation/deactivation hook’lari bilan) yaratilgan | 2 |
| Har bir rol test foydalanuvchi bilan tekshirilgan (ekran rasmlari) | 1 |
| WP-CLI buyruqlari va natijalari ilova qilingan | 1 |
Xulosa
Darsdagi natijangiz
Natijalar shu brauzerda saqlanadi. Barcha bo‘limlarni o‘qing, mashqlar va topshiriqlarni bajaring.